Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Mar 2016
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2344-sonli Qarori, shuningdek Prezidentimizning 2015 yilning asosiy yakunlari va 2016 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2016 yil 20 may kuni “O’zbekistonda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va resurs bazasini mustahkamlash – iqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim omili” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazilmoqda.

Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar, bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi amaliyotchi mutaxassislari, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy moliyaviy institutlar va tashkilotlar vakillari, ekspert-tahlilchilar, shuningdek iqtisodiyot yo’nalishidagi etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va mustaqil tadqiqotchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferentsiyada umumiy (plenar) yig’ilish bilan bir qatorda quyidagi sektsiyalar ishi ham tashkil etiladi:

1-sektsiya: Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish va investitsiyaviy faolligini kengaytirishning dolzarb masalalari.

2-sektsiya: Davlat byudjetining investitsion xarajatlari – Investitsiya dasturlarini amalga oshirishning muhim manbasi sifatida.

3-sektsiya: Real sektor korxonalari innovatsiya faoliyatini investitsion qo’llab-quvvatlashning ustuvor yo’nalishlari.

4-sektsiya: 4-sektsiya: Banklarda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish jarayonini jadallashtirish masalalari.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun telefon: O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (998 71) 237-48-42, 237-54-53, faks: 237-50-11.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 154
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech