Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Nov 2014
2014 yilning 19 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan “O’zbekiston iqtisodiyoti real sektori korxonalarini modernizatsiyalashda bank-moliya institutlari ishtirokining dolzarb masalalari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi.

Mazkur konferentsiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor vazifalari to’g’risida”gi PQ-1438-sonli Qarori, shuningdek Prezidentimizning 2013 yilning asosiy yakunlari va 2014 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi.

Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar, bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi amaliyotchi mutaxassislari, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy moliyaviy institutlar va tashkilotlar vakillari, ekspert-tahlilchilar, shuningdek etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va mustaqil tadqiqotchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 27
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7909.37 -34.70
EUR
EVRO
9306.16 +43.37
RUB
Rossiya rubli
126.72 -1.01
GBP
Angliya funt sterlingi
10606.47 +3.52
12.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech