Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Aug 2017
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha Qo’mita, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assoцiaцiyasining 2017 yil 20 iюldagi Qo’shma qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Shayxontohur tumani va Andijon viloyati faollari bilan uchrashuvlarida muhokama qilingan masalalar, aytilgan fikrlarini joylarga etkazish, shuningdek юrtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash maqsadida mamlakatimiznig barcha hududlarida va Toshkent shahrida respublikamiz tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari xodimlari uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha Qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assoцiaцiyasi va O’zbekiston musulmonlari idorasi vakillari ishtirokida “Tinchlik va osoyishtalik uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida seminarlar (davra suhbatlari) o’tkazildi.

O’ztkazilgan seminarlar davomida ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizdagi diniy vaziyatni yanada sog’lomlashtirish, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizm g’oyalari tarqalishining oldini olish, yoshlarni turli yot mafkuralar ta’siridan saqlash, ularda hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish, diniy ekstremistik oqimlarga qarshi qat’iy, murosasiz munosabatni shakllantirish, vatanparvarlik, milliy g’urur va iftixor tuyg’usini yanada mustahkamlash borasida zarur tushunchalar va tavsiyalar berildi.

“Tinchlik va osoyishtalik uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzuida o’tkazilgan seminarlarda Markaziy banki hududiy boshqarmalari, hududlarda faoliyat ko’rsatayotgan inkasaцiya xizmati, axborotlashtirish markazi, barcha tijorat banklarining viloyat va tuman filiallari boshqaruvchilari va boshqaruvchi o’rinbosarlari, xodimlar bilan ishlash, xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish xizmati, ichki nazorat bo’limi xodimlari, kasaba uюshmasi raislari, юrist-maslahatchilar va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 482
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9433.34 -13.31
EUR
EVRO
10354.03 +21.28
RUB
Rossiya rubli
145.75 -0.44
GBP
Angliya funt sterlingi
11633.19 +25.15
08.10.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech