Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Aug 2016
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O’zbekiston tadbirkor ayollar harakatini yanada riovjlantirish, mamlakatimiz hududlarida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini ta’minlashga ko’maklashish, ishbilarmon ayollarning biznes tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida “Tadbirkor ayol” O’zbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Tadbirkor ayol: Vatan ravnaqiga o’z hissamizni qo’shamiz” nomli kengaytirilgan marafon o’tkazilmoqda.

Mazkur marafon doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlikni boshlayotgan xotin-qizlarga “Biznesni samarali tashkil etish” mavzusida treninglar o’tkazish, tadbirkor ayollar va hududlarda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari vakillari ishtirokida “Bank tizimida ayollar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash” davra suxbatlarini o’tkazish, “Sanoat sohasida eng ilg’or tadbirkor ayol”; “Xizmat sohasida eng ilg’or tadbirkor ayol” tanlovlarini o’tkazish hamda “Tadbirkor ayol: vatan ravnaqiga o’z hissamizni qo’shamiz” nomli yakuniy konferentsiyani o’tkazish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, marofondan ko’zlangan maqsad: O’zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, mamlakatlarimiz hududlarida sanoat va servis sohasida tadbirkorlik faoliyatlarini kengaytirish, pirovardida ularning jamiyatda munosib o’rinlarini egallashga amaliy yordam berishdan iborat. Ishbilarmon ayollarimiz o’zlarining azmu-shijoati bilan mazkur harakat orqali o’z bilim va professional malakalarini, salohiyat va iste’dodlarini yuzaga chiqarmoqdalar. Mamalakatimiz hududida sanoat va servis sohasida faoliyat yuritib, aholi bandligini oshirishga, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga ham munosib hissa qo’shmoqdalar.

Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan 2016 yil 5 sentyabr’ kuni Toshkent shahrida “Tadbirkor ayol”: Vatan ravnaqiga o’z hissamizni qo’shamiz” nomli bayram dasturi va sanoat, servis sohasida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni taqdirlash marosimi o’tkazilishi rejalashtirilgan.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 39
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7909.37 -34.70
EUR
EVRO
9306.16 +43.37
RUB
Rossiya rubli
126.72 -1.01
GBP
Angliya funt sterlingi
10606.47 +3.52
12.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech