Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Feb 2014

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 31 oktyabrdagi PQ-991 – sonli Qaroriga muvofiq Respublika tijorat banklari o’rtasida 2013 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi.

Tanlovda jami 28 ta tijorat banki, 837 ta filiallar, 4196 ta mini-bank va maxsus kassalar ishtirok etdi.

Mazkur tanlov aholining bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag’batlantirish va ular faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsion imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog’lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek aholiga ko’rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada oshirish va aholi omonatlarini jalb etish sohasida ilg’or tajribani keng joriy etish maqsadida o’tkazilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 31 oktyabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha Respublika tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazish to’g’risida”gi PQ-991–sonli qarorining e’lon qilinishi bilan tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilish borasidagi faoliyatlarini jadallashtirdilar, bank xizmatlari to’g’risida aholining xabardorlilik darajasi oshdi, hamda ko’plab yangi omonat turlari joriy etildi.

Omonat hisobvaraqlariga qo’yiladigan mablag’lar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan bo’lib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi, hamda ushbu mablag’larni omonatchilar cheklovlarsiz tasarruf etadilar.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu borada mamlakatimiz Rahbarining «Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga ko’ra miqdordan qat’i nazar, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari to’la hajmda qoplab berilishi kafolatlanadi.

Bularning barchasi bank tizimini yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bugun mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari va ularning bo’linmalari milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turlarini aholiga taklif etmoqda. 2013 yilda tijorat banklaridagi aholi omonatlarining hajmi 2012 yilga nisbatan 30,3 foizga oshdi.

Tanlov g’oliblarini e’lon qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash jamg’armasi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirokida tantanali muhitda o’tkazildi.

Tanlov natijalariga ko’ra g’oliblar sakkizta asosiy va o’n bitta qo’shimcha nominatsiyalar bo’yicha aniqlandi.

Shu tariqa tanlov g’oliblari sifatida quyidagilar e’tirof qilindi:

1. «Aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi banki» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki.

Ikkinchi o’rin – «Agrobank» ochiq aktsiyadorlik tijorat banki.

Uchinchi o’rin – Ochiq aktsiyadorlik tijorat banki «Qishloq qurilish bank».

2. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – Orient Finans bankning Amaliyot boshqarmasi.

Ikkinchi o’rin – Ipoteka bankning Xorazm viloyati Tinchlik filiali.

Uchinchi o’rin – Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Samarqand viloyat bo’limi.

3. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – Aloqa bankning Navoiy filiali.

Ikkinchi o’rin – Xamkorbankining Shaxrixon filiali.

Uchinchi o’rin – Savdogarbankning To’rtko’l filiali.

4. «Plastik kartochkalar asosida ish xaqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha eng yaxshi bank filiali» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – O’zsanoatqurilishbankning Farg’ona viloyati Kirguli filiali.

Ikkinchi o’rin – Asaka bankning Samarqand viloyat filiali.

Uchinchi o’rin – Ipak Yo’li bankining Amaliyot boshqarmasi.

5. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – Xalq bankining Shayxontaxur filiali “Kamolon” mini-banki.

Ikkinchi o’rin – Kapitalbankning Chorsu filiali “Yunusobod” minibanki.

Uchinchi o’rin – “Ipoteka” bankning Yunusobod filiali “Nurshox” mini-banki.

6. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – O’zsanoatqurilishbankning Qashqadaryo mintaqaviy filiali “Kitob” mini-banki.

Ikkinchi o’rin – Mikrokreditbankning Xiva filiali “Yangiariq” mini-banki.

Uchinchi o’rin –Qishloq qurilish bankning Sariosiyo filiali “Denov” mini-banki.

7. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus kassasi» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – Xalqbankining Chirchiq filiali jamg’arma kassasi.

Ikkinchi o’rin – Turonbankning Jizzax filiali qoshidagi 1-sonli jamg’arma kassasi.

Uchinchi o’rin – Ipoteka-bankning Namangan viloyat filiali qoshidagi 7-sonli jamg’arma kassasi.

8. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus kassasi» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – O’zsanoatqurilishbankning Qoravulbozor filialining 9-sonli jamg’arma kassasi.

Ikkinchi o’rin – Asakabankning Marg’ilon filiali qoshidagi jamg’arma kassasi.

Uchinchi o’rin – Qishloq qurilish bankning Yangier filiali 1-sonli jamg’arma kassasi.

Qo’shimcha nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar deb quyidagilar aniqlandi:

1. “Yilning eng yaxshi kassiri” nominatsiyasida – Ochilova Zumrat Olimovna- Mikrokreditbankning Xorazm viloyati Qoravul filiali kassa mudirasi.

2. “Omonatlarni jalb qilish bo’yicha bank faxriysi” nominatsiyasida – Axmedova Faima Muminovna – Agrobank Sirdaryo filiali bosh mutaxassisi.

3. “Milliy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozitnominatsiyasida – Ipoteka bankning “Qaldirg’och” omonati.

4. “Xorijiy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit” nominatsiyasida – Kapitalbankning “Shoshilmasdan” omonati.

5. “Milliy valyutadagi eng yaxshi jamg’arma depoziti” nominatsiyasida – O’zsanoatqurilishbankning “Navnihol” jamg’arma omonati.

6. “Xorijiy valyutadagi eng yaxshi jamg’arma depoziti” nominatsiyasida – Xamkorbankning “Money plus” omonati.

7. “Eng yaxshi plastik kartochkalar emitenti bo’lgan bank” nominatsiyasida – «Asakabank» davlat-aktsiyadorlik tijorat banki.

8. “Eng yaxshi plastik kartochkalar ekvayeri bo’lgan bank” nominatsiyasida – O’zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq banki.

9. “Bankning eng zamonaviy jihozlangan bo’linmasi” nominatsiyasida – Aziya Al’yans bankning Qarshi filiali.

10. “Aholi uchun eng yaxshi innovatsion mahsulot” nominatsiyasida – «Ipak Yuli» ochiq aktsiyadorlik innovatsiya tijorat banki.

11. “Eng yaxshi innovatsion bank” nominatsiyasida – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 41
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech