Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Feb 2016
2016 yilning 15 fevralidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusiga ko’ra, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi ko’magida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakul’teti bazasida tijorat banklari bosh buxgalterlari uchun “Banklarda buxgalteriya hisobi va hisoboti: qonunchilikdagi o’zgarishlar va amaliyot” mavzusidagi bir xaftalik umumlashtirilgan o’quv kursi tashkil qilindi.

Umumlashtirilgan kursni o’tkazishdan asosiy maqsad tijorat banklari bosh hisobchilarining kasbiy darajasini yanada oshirish, ularda xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti sohasida chuqur amaliy va nazariy bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Mazkur kursning o’quv dasturi doirasida tinglovchilarga moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari hamda buxgalteriya hisobining xalqaro modellarining ahamiyati, tijorat banklari buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarni MHXSga muvofiqlashtirish, hisob siyosatini shakllantirish (MHXS 8 asosida), banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha halqaro Bazel’ standartining tijorat banklari moliyaviy hisobotlariga ta’sirini baholash, tijorat banklarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobini tashkil etish, ichki bank operatsiyalari hisobini MHXS asosida yuritish, banklar tomonidan to’lanadigan soliqlarni hisobga olish va undagi muammolar, tijorat banklarida moliyaviy holat to’g’risidagi (buxgalteriya balansi), yalpi daromadlar, pul mablag’larining xarakati hamda xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlarni MHXS tizimiga o’zgartirish tartibi o’rgatildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 36
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7909.37 -34.70
EUR
EVRO
9306.16 +43.37
RUB
Rossiya rubli
126.72 -1.01
GBP
Angliya funt sterlingi
10606.47 +3.52
12.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech