Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Mar 2017
2017 yil 11 mart kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston badminton Federatsiyasi bilan hamkorlikda tijorat banklari o’rtasida, ananaga aylanib borayotgan XII-Banklararo spartakiada o’yinlari doirasida “Chorchu” badminton klubida sportning badminton turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

Musobaqalar 3 ta yo’nalishda o’tkazildi, ya’ni erkaklar juftligi «Men’s Double», ayollar juftligi «Woman’s Double», aralash juftlik «Double Mix».

Mazkur musabaqaning bellashuvlarida

I- o’rinni «Kapitalbank» ATB jamoasi;

II- o’rinni «Aziya alyans bank» ATB jamoasi;

III- o’rinni «O'zsanoatqurilishbank» ATB jamoasi egalladi.

Birinchi 3 ta o`rinni egallagan jamoalar kubok va diplomlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek quyidagi nominatsiyalar bo`yicha 1-3 o`rinni egallagan jamoalar maxsus esdalik sovg`alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi:

"Erkaklar juftligi eng yaxshi o`yinchilari";

"Ayollar juftligi eng yaxshi o`yinchilari";

"Aralash juftlik eng yaxshi o`yinchilari",

Shuningdek "G’alabaga bo’lgan ishtiyoq uchun" qo’shimcha nominatsiyalar bo`yicha tijorat banklarning xodimlari maxsus esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.

Bo'lib o'tayotgan XII-Banklararo spartakiada o’yinlari xaqida batafsil ma'lumotni saytimizning Spartakiada sahifasidan olishingiz mumkin.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 29
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7909.37 -34.70
EUR
EVRO
9306.16 +43.37
RUB
Rossiya rubli
126.72 -1.01
GBP
Angliya funt sterlingi
10606.47 +3.52
12.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech