Tijorat banklari o’rtasida badminton bo’yicha musobaqa
Musobaqalar 3 ta yo’nalishda o’tkazildi, ya’ni erkaklar juftligi «Men’s Double», ayollar juftligi «Woman’s Double», aralash juftlik «Double Mix».
Mazkur musabaqaning bellashuvlarida
I- o’rinni «Kapitalbank» ATB jamoasi;
II- o’rinni «Aziya alyans bank» ATB jamoasi;
III- o’rinni «Ipak yo'li bank» ATB jamoasi egalladi.
Birinchi 3 ta o`rinni egallagan jamoalar kubok va diplomlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek quyidagi nominatsiyalar bo`yicha 1 – o`rinni egallagan jamoalar maxsus esdalik sovg`alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi:
"Erkaklar juftligi guruh baxslarining eng yaxshi o`yinchilari";
"Ayollar juftligi guruh baxslarining eng yaxshi o`yinchilari";
"Aralash juftlik guruh baxslarining eng yaxshi o`yinchilari",
Shuningdek "Eng mohir o’yinchi", "G’alabaga bo’lgan ishtiyoq uchun" qo’shimcha nominatsiyalar bo`yicha tijorat banklarning xodimlari maxsus esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.
Bo'lib o'tayotgan XI-Banklararo spartakiada o’yinlari xaqida batafsil ma'lumotni saytimizning Spartakiada sahifasidan olishingiz mumkin.