Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Jul 2016
2016 yil 16 iyul kuni "Yoshlik" sport va sog'lomlashtirish kompleksida bank xodimlarining salomatligini mustahkamlash, ularni sog’lom turmush tarziga chaqirish maqsadida o’tkazilayotgan XI - Banklararo spartakiada doirsaida 50 metrga suzish bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Birinchi 3 ta o’rinni egallagan jamoalar kubok va diplomlar bilan taqdirlandi.

I- o’rin OATB «Asakabank»;

II- o’rin OATB «Uzsanoatqurilish bank »;

III- o’rin OATB «Kapitalbank».

Shuningdek qo’shimcha nominatsiyalar bo’yicha tijorat banklarining quyidagi xodimlari maxsus diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi:

Eng mohir suzuvchi “Uzsanoatqurilishbank” xodimi Ziyomuxammedov

G’alabaga bo’lgan ishtiyoqi uchun - «Asia Alliance bank» Shoyusupova

Eng yaxshi jamoa raxbari – “Asakabank” Sadikov

Eng tartibli jamoa – “Kapitalbank”

G’ayrati va shijoati uchun – “Agrobank”

Eng faol ishqibozlar guruhi – “Milliy bank”

Eng ahil jamoa – “Orient Finans bank”

Musobaqa debyutanti – “Aloqabank”

Eng yaxchi suzish texnikasi uchun - KDB



O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan Respublika tijorat banklari o’rtasida sportning 7 turi bo’yicha o’tkazib kelinayotgan XI-Banklararo spartakiada o’yinlari 2016 yil 12 mart kuni Toshkent shahridagi "Chorsu" Badminton klubida start olgan edi.

Mazkur spartakidani o’tkazishdan asosiy maqsad sog’lom hayot tarzini shakllantirish va bank xodimlarini hamda ularning oila a’zolarini sport bilan faol shug’ullanishga keng jalb qilish, bank xodimlari orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish, tijorat banklari imkoniyatlarini birlashtirish hisobiga banklararo sport-sog’lomlashtirish tadbirlarni o’tkazishga keng sharoit yaratish, shuningdek banklararo hamjihatlikni yanada mustahkamlash hisoblanadi.

Musobaqalar sportning badminton, basketbol, voleybol, suzish, katta va stol tennisi, hamda minifutbol, turlari bo’yicha o’tkazildi. O’tkazilgan barcha musobaqalar yakuni bo’yicha jamoalar quyidagi o’rinlarni egalladilar:



1-o’rin – “O’zsanoatqurilishbank” – 94 ball

2-o’rin – “Asia Alliance bank” – 74 ball

3-o’rin – “Agrobank” – 67 ball
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 89
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech