TIJORAT BANKLARI XODIMLARI UCHUN QISQA MUDDATLI KURSLAR
4 Jul 2016
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2344-sonli Qarorining 8 bandi ijrosini ta’minlash, hamda bank xodimlari kasbiy darajasini oshirish maqsadida tijorat banklari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, O’zbekiston-Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish Markazi, Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bazasida joriy yilning iyun’ oyi davomida bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha 8 ta o’quv kurs va maxsus seminarlar tashkil etildi. Mazkur seminar va kurslarda tijorat banklarining 150 dan ortiq xodimi tahsil olib, tegishli sertifikatlarga ega bo’ldilar.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
470