Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Sep 2014
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 445-sonli qarori, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi «Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-433-sonli va 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1325-sonli Qarorlari talablarini bajarilishini ta’minlash, hamda tijorat banklari xodimlarining kasbiy malakasini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 15 – 19 sentyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bank-moliya Akademiyasi va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan birgalikda tijorat banklarining plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob kitoblar tizimini rivojlantirish bo’yicha mas’ul xodimlari uchun “Plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob kitoblar ko’lamini kengaytirish va sifatini oshirish” mavzusida maxsus kurslar tashkil etiladi.

Bundan tashqari ushbu kurslar davomida “Internet-banking – tizimini joriy etish va foydalanish” mavzusidagi amaliy seminarlarni o’tkazish dasturiga muvofiq respublikada elektron to’lovlar tizimini qonunchilik asoslarini yaratish, Internet-banking, SMS-banking, tijorat banklari mijozlariga qo’shimcha qulayliklar yaratish, hamda o’z hisob raqamini masofadan boshqarish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan davra suxbati ham o’tkaziladi. Kurslar yakunida barcha ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshiriladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 92
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech