Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Jun 2014
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi 1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qarorini, shuningdek tijorat banklarining xalqaro moliya bozorlarida ishtirokini kengaytirish hisobiga ularning investitsiyaviy imkoniyatlarini yanada oshirish, banklarning yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichilariga erishishi va O’zbekiston bank amaliyotiga tijorat banklari faoliyatini baholash va tahlil qilish borasidagi xalqaro standartlarni joriy qilish bo’yicha belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2014 yil 18 iyun’ kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Standard & Poor’s xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda tijorat banklariga xalqaro reyting berish masalasiga bag’ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Markaziy bank va tijorat banklarining uch yuzdan ortiq rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida Standard & Poor’s agentligi ekspertlari tomonidan tijorat banklari kapitalini tahlil qilish, tizimli va suveren kredit risklarni boshqarishni baholash masalalari bo’yicha taqdimotlar o’tkazildi. Bundan tashqari, agentlik ekspertlari O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishidagi bank tizimining roliga baho berib, banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmining kengayishi mamlakat yalpi ichki mahsulotining yuqori sur’atlarda o’sishini qo’llab-quvvatlayotganini qayd etdilar.

Banklarning barqaror mavqei bank tizimiga bo’lgan ishonchning mustahkamlanishi hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi bo’sh mablag’larining bank depozitlariga jalb qilinishining kengayishiga mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda. Jumladan, so’nggi uch yil davomida banklardagi depozitlar umumiy hajmi 2,2 barobar oshdi. 2013 yilda xo’jalik sub’ektlari va aholining banklardagi depozitlari hajmi 30,2 foiz va shunga mos ravishda banklarning aktivlari 30 foiz o’sdi.

Bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning samarali yo’lga qo’yilishi natijasida, respublika bank tizimi ko’rsatkichlari yuqori darajada, shu jumladan bir qator me’yorlar bo’yicha xalqaro standartlar talablaridan yuqori bo’lishi ta’minlanmoqda.

Bank tizimi moliyaviy barqarorligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar so’nggi uch yilda banklar jami kapitalini 2 barobar oshishi imkonini berdi. Birgina 2013 yilda bank tizimi jami kapitali 25,1 foiz o’sishi ta’minlandi.

Bank tizimi kapitali etarliligi darajasi 24,3 foizni tashkil etmoqda va mazkur ko’rsatkich umumqabul qilingan xalqaro standartlardan (8 foiz) uch barobar ko’pdir. Shu bilan birga 2015 yilgacha bank tizimi jami kapitalini yiliga eng kamida 20 foizga oshirib borish rejalashtirilgan.

Bank tizimining joriy likvidlik darajasi 65,5 foizni tashkil etib, bu ko’rsatkich xalqaro talablardan ikki barobar yuqoridir.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida, bugungi kun xolatiga, mamlakatimizning barcha tijorat banklari Standard & Poor’s, Fitch Ratings va Moody’s kabi etakchi xalqaro reyting agentliklarining ijobiy reyting bahosiga egalar. Bu esa mamlakatimiz bank tizimining barqarorligini yana bir bora tasdiqlamoqda.

Seminar davomida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar tijorat banklari faoliyatini xalqaro reyting agentliklari standartlari asosida baholash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi hamda bank faoliyatini xalqaro tajribalarga mos ravishda yuqori darajada tashkil etish uchun sharoit yaratadi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 27
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech