Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Jan 2016
2016 yilning 11 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusiga ko’ra, Banklar Assotsiatsiyasi ko’magida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakul’teti bazasida tijorat banklari bo’limlari va filiallarining boshqaruvchilari uchun umumlashtirilgan o’quv kursi tashkil etildi.

Umumlashtirilgan kursning asosiy maqsadi tijorat banklarining bo’limlari va filiallarining boshqaruvchilarida bank faoliyati hamda bank menejmenti sohasida chuqur amaliy va nazariy bilimlar darajasini yanada oshirish, shuningdek ularda turli vaziyatlarda tezkor va oqilona qarorlarni qabul qilish ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Mazkur kurs davomida tinglovchilar tijorat banklari faoliyatini boshqarishni tashkil qilishning asoslari, tijorat banklari moliyaviy resurslarini shakllantirish, tijorat banklarining kapitalini boshqarish, bank majburiyatlarini boshqarish, tijorat banklarining kredit siyosati, tijorat banklari kredit portfelini boshqarish, tijorat banklari resurslari bilan bog’liq risklar va ularni boshqarish, tijorat banklarini moliyaviy resurslarini boshqarishda depozit siyosati va uni takomillashtirish, tijorat banklari resurslari va ulardan samarali foydalanish yo’llari kabi masalalar bo’yicha o’z malakalarini oshirmoqdalar.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 759
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

Section is not found



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech