Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Tijorat banklarining rahbar xodimlari ishtirokida “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini keng targ’ib qilish” mavzusidagi o’quv-seminar
17 Oct 2017
2017 yilning 14 oktyabr’ kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tijorat banklarining rahbar xodimlari ishtirokida “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini keng targ’ib qilish” mavzusidagi o’quv-seminar bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Bюdjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi mazmun-mohiyatini targ’ib qilish hamda unda belgilangan muhim vazifalarni har tomonlama va chuqur o’rganishni ta’minlashdan iborat.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Bюdjet va iqtisodiy islohotlar Qo’mitasi a’zolari hamda Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarlari, shuningdek respublikamiz tijorat banklari va ularning Toshkent shahrida joylashgan filiallarining rahbar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida ma’ruzachilar tomonidan interaktiv usullarda Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo’nalishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Bunda Harakatlar strategiyasidagi har bir ustuvor yo’nalishning mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizni yanada rivojlanishdagi tutgan muhim o’rni atroflicha muhokama etildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 746
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9500.96 +10.19
EUR
EVRO
10498.56 +43.53
RUB
Rossiya rubli
149.01 +0.19
GBP
Angliya funt sterlingi
12255.29 +135.58
19.11.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech