Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
21 May 2022
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Bugun ushbu binoning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda:
  •    Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti Bosh kotibi, Boshqaruv kengashi prezidenti, Doktor Erik Kuan,

  •    O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyor Xamidov

  •  Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori Jasur Salixov so‘zga chiqdirlar.

    Lenta kesish marosimidan so‘ng yeg’ilgan mehmonlar yangi bino bo‘ylab sayyohat qilib, u yerda talabalarni sifatli bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar

     Maʼlumot uchun: Yangi o‘quv binosi hukumat qarori asosida Institutning o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan.
Yangi o‘quv binosi 4 qavatdan iborat bo‘lib, loyiha quvvati 1720 o‘rindan iborat. Binoni qurishda uning energotejamkorligi, qulayligi va zamonaviyligiga alohida eʼtibor berilgan.
Yangi o‘quv binosida 5 ta katta auditoriyalar, 30 ga yaqin zamonaviy va shinam o‘quv xonalari, 4 ta laboratoriya va yirik o‘quv resurs markazi joy olgan. Binoda talabalarning o‘qishi, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi vabo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 
Institut hududida 450 o‘rinli talabalar turar joyi qurish rejalashtirilmoqda. 

    Ochilish marosimida so’zga chiqqan O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyor Xamidov ushbu unutilmas kun bilan barchani tabrikladi:

       «O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi mamlakatimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni va zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida xalqaro standartlarni  hisobga olgan holda Institutni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
      Jumladan, bu yili eng iqtidorli talabalarning 5 nafariga Assotsiatsiya tomonidan stipendiya joriy etildi. To‘rt yil ichida ushbu stipendiyalar sonini 20 taga yetkazishni maqsad qilganmiz. Maqsadimiz taʼlim olishni istaydigan, izlanishdan charchamaydigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdir. Yana bir bor taʼkidlayman, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi Toshkent Singapur menejmentini rivojlantirish instituti iqtidorli talabalarini va professor-o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirish borasida o‘z ko‘magini berishda tizimli ishlarni olib boradi.
Ishonamanki, yangi topshirilgan bino talabalarni yana-da sifatli taʼlim olishlari va yuqori malakali kadr bo‘lishlariga xizmat qiladi.»

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 81
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech