Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Universal bank
29 Jun 2022

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi “Universal bank” aksiyadorlik-tijorat bankining kredit reytingini 2021-yil uchun milliy shkala bo‘yicha “uzB++” darajasida yangilaydi va shu bilan birga prognozni “Ijobiy” darajasiga ko‘taradi.

       “uzB++” reytingi kreditga layoqatlilikning ETARLI darajasini bildiradi. “uzB++” reytingiga ega bo‘lgan bank mamlakatimizdagi boshqa banklarga nisbatan o‘z moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Biroq, tijorat, moliyaviy va iqtisodiy sharoitlarning o'zgarishi bankning moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida to'lash qobiliyatiga A toifali banklarga qaraganda ko'proq ta'sir qiladi.

 “Universal Bank” ATBning berilgan reytingi bankning qoniqarli bozor pozitsiyasini, yaxshi obro'si va taniqli brendini, risklarni boshqarishning yaxshi darajasini, maqbul likvid pozitsiyasini va muvozanatli kapitallashuvini, shuningdek, moliyaviy ko'rsatkichlarning maqbul o'sishini aks ettiradi.

     “Universal bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2001 yilda tashkil etilgan. 2018 yil 6 iyulda “Universal bank” XATB “Universal bank” ATBga o‘zgartirildi.

      Bank o‘zining asosiy faoliyatini bank operatsiyalari, shu jumladan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 68-son bilan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi, mazkur litsenziya 2018-yil 14-iyulda yangilangan. 

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 762
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech