Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Xabaringiz bor 15 may “Xalqaro oila kuni”.
16 May 2022
Bugun O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan  Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mutasaddi xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

     Xabaringiz bor 15 may “Xalqaro oila kuni”. Samimiy tarzda o‘tgan uchrashuv doirasida yig‘ilganlar oila va uning ahamiyati borasida fikr almashdilar.

   Yurtimizda oxirgi yillarda  oilani, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u qaratilmoqda. Jumladan,  Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan:     

 
  • “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolarning Ipoteka kreditlarini boshlang‘ich to‘lovini 10 foizini to‘lab beriladi;
  •  Ularni tadbirkorlikka o‘qitish, shuningdek o‘z biznesini boshlash uchun 3 yilga mo‘ljallangan 14 foizli, 33 million so‘mlik kreditlar ajratilishi muhim jihatdir.

    Tadbir davomida shu kabi qator masalalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berildi.

    Mamlakatimizda qo'mita tomonidan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar tanishtirildi

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 79
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech