Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Xalqaro bank kengashining navbatdagi video konferensiya shaklida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
24 Nov 2022

Xalqaro bank kengashining navbatdagi video konferensiya shaklida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

   Unda “Banklararo hisob-kitoblarning zamonaviy sharoitdagi mexanizmlari va vositalari” mavzusida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

   Video konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Rossiya, Armaniston, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyalari rahbarlari qatnashdilar.

    Tadbirda so‘zga chiqqanlar mavzuga doir o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

      Jumladan: Qozog‘iston banklari Assotsiatsiyasi vitse prezidenti Marat Baykatov Qozog‘istonning xalqaro hisob-kitoblarda milliy valyutadan foydalanish tajribasi bo‘yicha maʼlumot berdi.

   O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyor Xamidov o‘z chiqishida banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank sektorini rivojlanish tendensiyalariga to‘xtalib o‘tdi.  

    Tadbir yakunida, Rossiya banklari Assotsiatsiyasi kengashi raisi Aleksandr Murchyov Xalqaro bank kengashining navbatdagi yig‘ilishini 2023 yil yurtimizda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi raisligida o‘tkazishni taklif etdi.    

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 125
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech