Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Oct 2015

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qarorida, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan 2015 yil 18 noyabr kuni «Xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashuv sharoitida O’zbekiston bank-moliya sohasini modernizatsiyalashning zamonaviy tendentsiyalari» mavzusida xalqaro ilmiy–amaliy konferentsiya o’tkazilmoqda.

Mazkur konferentsiyani o’tkazishdan asosiy maqsad: bank-moliya tizimini modernizatsiyalash sohasida ilg’or xorij tajribasini tahlil qilish va undan O’zbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini baholash, shuningdek bank-moliya tizimini yanada isloh qilish, moliya-kredit institutlarining barqarorligi, kapitallashuv darajasi va raqobatbardoshligini oshirish, ularning investitsion jarayonlarida va iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalashdagi ishtirokini faollashtirish, yangi moliyaviy xizmatlar va xosilaviy dastaklarni hamda fond bozorlarini rivojlantirish, shuningdek jahon amaliyoti talablariga muvofiq korporativ boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasida ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Konferentsiyada umumiy (plenar) yig’ilish bilan bir qatorda quyidagi sektsiyalar ishi ham tashkil etiladi:

1-sektsiya: Xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashuv – milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning muhim omili sifatida.

2-sektsiya: O’zbekiston bank-moliya sohasini modernizatsiyalashda fiskal siyosati mexanizmlarini takomillashtirish.

3-sektsiya: Moliya bozorlarning rivojlanishi – xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda faol investitsiya siyosatini amalga oshirishning muhim yo’nalishi sifatida.

4-sektsiya: Bank-moliya sohasini modernizatsiyalashda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari.

5-sektsiya: Pensiya va sug’urta jamg’armalari mablag’laridan investitsiya manbai sifatida foydalanishning samarali yo’llari.

Ma’lumot uchun telefonlar:

Bank-moliya akademiyasi:(+99871) 237-48-42, 237-54-53, faks: 237-50-11, 237-53-85.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 100
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech