Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Nov 2015

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan 2015 yil 18 noyabr’ kuni «Xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashuv sharoitida O’zbekiston bank-moliya sohasini modernizatsiyalashning zamonaviy tendentsiyalari» mavzusida xalqaro ilmiy–amaliy konferentsiyasi o’tkazildi.

Mazkur konferentsiya bank-moliya tizimini modernizatsiyalash sohasida ilg’or xorij tajribasini o’rganish va undan O’zbekiston amalietida foydalanish imkoniyatlarini baholash, shuningdek bank-moliya tizimini yanada isloh qilish, moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirish, moliya-kredit institutlarining raqobatbardoshligini oshirish, ularning investitsion jaraenlarida va iqtisodietning real sektori korxonalarini modernizatsiyalashdagi ishtirokini faollashtirish, yangi moliyaviy xizmatlar va xosilaviy dastaklarni hamda fond bozorlarini rivojlantirish, shuningdek jahon amalieti talablariga muvofiq korporativ boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasida ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida o’tkazildi.

Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari Qo’mitasi a’zolari, manfaatdor vazirlik, idoralar hamda bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi mutaxassislari, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy moliyaviy institutlar va tashkilotlar vakillari, Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlik qiluvchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarning ekspert-olimlari, shuningdek etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va mustaqil tadqiqotchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Konferentsiyaning umumiy (plenar) va sho’ba yig’ilishlari yakunlari bo’yicha anjuman ishtirokchilari tomonidan tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 25
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech