Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori S.P. Abdullaevning

Tijorat banklarining investitson saloxiyatini yanada oshirishning yo’nalishlari mavzusidagi

MA’RUZASI

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va bank hamjamiyati nomidan Sizlarni samimiy qutlab, moliyaviy institutlarning investitsion faolligini yanada jadallashtirishning masalalariga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferentsiya ishining boshlanishi bilan tabriklashga ijozat bergaysizlar!

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, bank tizimini rivojlantirish masalalari doimo davlatimiz e’tiborida bo’lib, uni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida global jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ham mamlakatimiz bank tizimi nafaqat barqaror o’sish sur’atlarini saqlab, balki ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha xalqaro standartlar talablaridan ham yuqori darajaga ega bo’ldi.

Bugungi kunda bank biznesi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda. YAratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, tizimda erishilgan yutuqlarni e’tirof etgan holda, islohotlarning mantiqi va izchilligi, shuningdek, ularning eng zamonaviy bo­zor me’yorlariga muvofiqligini baholash mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishni talab etmoqda. Chunki mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi, ko’p jihatdan bank sohasining samarali faoliyatiga bog’liqdir.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlash, real sektor korxonalarini qo’llab-quvatlash va ularda ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi turmush darajasi va faravonligini yanada oshirish kabi muhim masalalar bevosita tijorat banklari va ularning samarali kredit va investitsion faoliyati bilan bog’liqdir. Shu bois banklar investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga, investitsiya loyihalarini hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarini joriy etishda korxonalar va kichik biznes sub’ektlarining haqiqiy hamkorlariga aylanishi kerak.

Bu borada tijorat banklarining kredit faoliyati birinchi navbatda mijozlarning bank kreditlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini qulay shart-sharoilarda joylashtirish orqali daromadliligini oshirish, bank aktsiyadorlarining yuqori daromad olishlarini ta’minlash, likvidlik ko’rsatkichlarini me’yor talablari darajasida ushlab turish, kredit portfelini diversifikatsiyalash orqali risklarni kamaytirish, kreditlash jarayonlarida qonun va me’yoriy huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini, kreditlash bo’yicha yangi bank mahsulotlarini joriy etilishini ta’minlashdan iborat bo’lishi lozim.

Banklarning kapitallashuv va likvidlik darajasining oshirilishi, depozitlarning yuqori sur’atlarda o’sishi bir tomondan ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va mustahkam resurs bazani shakllantirish uchun zamin yaratsa, ikkinchidan iqtisodiyotni ri­vojlantirishga hamda tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Xususan, muddati uch yildan ko’p bo’lgan uzoq muddatli kreditlar 30,9 foizga oshdi va umumiy kredit portfelining 76,8 foizini tashkil etdi. Umuman, iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalarining umumiy hajmi so’nggi 10 yilda 9 martaga, oxirgi uch yilda esa 2,4 barobarga oshdi. Tijorat banklari tomonidan investitsiya maqsadlariga ajratilgan kredit qo’yilmalarining hajmi 5,7 trln. so’mni tashkil qildi. Oxirgi besh yilda investitsion kreditlarning hajmi 4 barobarga, oxirgi uch yilda esa 2,2 barobarga oshdi. Oxirgi o’n yilda iqti­sodiyotning real sektorini kreditlashga yo’naltirilgan ichki manbalar hajmi 15 barobardan ziyodga, oxirgi uch yilda esa 2,4 barobarga oshdi. Bunday siyosat natijasida, ichki manbalar hisobidan berilgan kreditlarning tijorat banklari kredit portfeli umumiy miqdoridagi ulushi 85,8 foizni tashkil etdi.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, 2013 yilda bank tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirishda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish­ning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar» dasturida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bank tizimiga oid boshqa qa­rorlarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, 2013 yilda bank tizimini yanada rivojlantirishda banklarning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash va investitsiya faolligini oshirish ustuvor vazifalardan biri bo’lib, ushbu vazifalar doirasida tijorat banklarining resurs bazasini yanada kengaytirish, ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, ishlab chiqarish­ni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amal­ga oshirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladigan kreditlar hajmlarini ko’paytirish kabi muhim chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishni taqozo etadi. Xususan:

2013 yilda bank tizimi umumiy kapitali hajmini qo’shimcha aktsiyalar chiqarish xususan, fond birjalarida joylashtirish orqali kamida 20 foizga oshirish ko’zda tutilmoqda.

Tijorat banklarining resurs manbalarini kengaytirish borasida depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, tijorat banklarida aholidan jamg’ar­ma va muddatli depozitlarni qabul qilish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish kabi tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 2013 yilda aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning depozitlar hajmining kamida 30 foizga oshirilishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining kredit portfeli hajmining oshishiga erishiladi va ular tomonidan yanada ko’proq investitsiya loyihalarini moliyalash imkoniyati yuzaga keladi. Xususan,

2013 yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo’yilmalari hajmining 25 foizga ko’payishi prognoz qilinmoqda.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, qishloq joylarda loyihaviy yangi turar joylarni barpo etish, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olish kabi investitsiya loyihalariga tijorat banklari tomonidan 6,0 trln. so’mdan ziyod kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, 2013 yilda qishloq joylarda yakka tartib­dagi yangi turar joylarni barpo etishga barcha manbalar hisobidan 796 mlrd. so’m miqdorida kreditlar ajratish prognoz qilinmoqda. Shundan 251 mlrd. so’m miq­doridagi mablag’lar Osiyo ta­raqqiyot bankining kredit liniyasi hisobidan beriladi.

Tijorat banklari balansiga olingan moliyaviy nobar­qaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va strategik investorlarga sotish ishlari davom ettiriladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 2013 yilda tijorat banklari tomonidan jami 6,1 trln. so’m miqdorida kreditlar ajratilishi prognoz qilinmoqda.

Jumladan, xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilishni faollashtirish orqali kichik biznes sub’ektlarini 2013 yilda 110 mln. AQSh dollaridan kam bo’lmagan miqdorda moliyalashtirish rejalash-tirilgan.

Shuningdek, 2013 yilni «Obod turmush yili» deb e’lon qilinishi munosabati bi­lan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xizmat sohasi va servisni rivojlantirish hamda yangi ish o’rinlari yaratish borasidagi loyihalarni kreditlash ko’lamlarini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Kredit resurslarini investitsiya maqsadlariga samarali taqsimlash, kredit tavakkalchiliklari darajasini kamaytirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini tanlash va ularni ekspertiza qilish bo’yicha ishlar sifatini oshirishga katta e’tibor qaratiladi.

O’zbekiston Respublikasining «Kredit axboroti almashinuvi to’g’risida»gi Qonunining 2012 yil 1 yanvardan kuchga kirganligi munosabati bilan, joriy yildan boshlab kredit muassasalarini bevosita kredit axboroti bilan ta’minlashga ixtisoslashgan kredit byurolari faoliyati yo’lga qo’yiladi. Bunda Markaziy bank Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasi Kredit axborotining davlat reestri sifatida yuritilib, uning bank sektoridagi tizimli tavakkalchiliklarni kamaytirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash borasidagi faoliyati yanada kuchaytiriladi. O’z navbatida, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va tijorat banklarining banklararo kredit byurosi negizida tashkil etilgan «Kredit-axborot tahliliy markazi kredit byurosi» tijorat banklariga qarz oluvchilar to’g’risida kredit axborotlari taqdim etish xizmatlarini ko’rsatdi.

Shuni ta’kidlash joizki tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o’sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash, shuningdek kreditlar bo’yicha muammoli qarzlarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik borasida:

- loyihalarni tanlash, ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimi takomillashtirilmoqda, bunda investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish va moliyalashni tashkil etish bo’yicha tijorat banklarining maxsus xizmatlari malakali mutaxassislar bilan mustahkamlanmoqda;

- jahonning eng barqaror banklari tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan zamonaviy uslubiyotlar asosida banklar mijozlarining kredit­ga layoqatliligini skoring-tah­lil qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda;

- tijorat banklari kredit portfeli monitoringini amalga oshirish mexanizmi yanada kuchaytirish va takomillashtirish bo’yicha zarur choralar ko’rilmoqda. Bunda garovga olingan mulkning doimiy bozor qiymatini hisobga olgan holda berilgan kreditlar ustidan monitoringni kuchaytirish va garovdagi mulk bahosi tushib ketgan vaziyatda zudlik bilan tegishli choralar ko’rish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda;

- banklar kredit portfelini diversifikatsiya qilishni kuchaytirish, risklarning bir qarzdorda (yoki o’zaro bog’liq qarzdorlar guruhi), kreditlash ob’ektida, faoliyat turi va tarmoqda to’planishini nazorat qilish mexanizmlari yanada takomilashtirilmoqda;

- har bir kredit ajratilayotgan loyiha bo’yicha pul oqimi va daromadlar etarli darajada bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda;

- birgalikda yangi xizmat turlarini yaratish va tavakkalchilikni diversifikatsiyalashda tijorat banklari va sug’urta kompaniyalarining birgalikdagi amaliyotlari yanada kengaytirilmoqda;

- banklar kapitallashuv darajasini oshirish, bank sohasiga xususiy kapitalni jalb etish, qo’shimcha aktsiyalarni chi­qarish va ularni fond bozorlarida joylashtirish or­qali banklarning jami kapitalini yil mobaynida kamida 20 foizga o’sishini ta’minlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda;

- ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish yo’li bilan aholi hamda xo’jalik sub’ektlarining bo’sh mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb etishda ta’sirchan rag’batlantirish choralari amalga oshirilmoqda;

- kreditlashning resurs manbalarini shakllantirishda asosiy e’tibor ichki imkoniyatlarga, ya’ni aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini bank aktivlariga jalb qilish hamda uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul bozorida joylashtirishga qaratilmoqda;

- tijorat banklari tomonidan xo’jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan investitsion loyihalarning loyiha va boshqa xujjatlarini ishlab chiqish bo’yicha injiniring kompaniyalarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda;

- moliya bozori infratuzilmasini yanada mustahkamlash yo’li bilan aholi hamda xo’jalik sub’ektlarining bo’sh mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda;

- tijorat banklarni o’zgaruvchan bozor xolatiga o’z vaqtida va to’g’ri baho berish qobiliyatiga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida tijorat banklari xodimlarining uzluksiz ravishda o’quv kurslar va seminarlarda malaka oshirilishi ta’minlanmoqda.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, fursatdan foydalanib tijorat banklarining investitsion va kredit faoliyatini yanada faollashtirish borasida tijorat banklari zimmasiga qo’yilgan vazifalarni izchil amalga oshirishda quyidagilarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:

- tijorat banklarining investitsion faolligini oshiri maqsadida aholi va xo’jalik sub’ektlari talablarini hisobga olgan holda depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, bunda banklarda omonatlarning ko’payishiga, ularning bank tizimiga jalb etishiga nimalar to’sqinlik qilayotganini har tomonlama chuqur tahlil qilish va bu borada qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish;

- banklarning uzoq muddatli resurslarini ko’paytirish borasida bank depozitlari, depozit sertifikatlari va korporativ obligatsiyalarining yangi turlarini joriy etish va amaldagi turlarini ularning muddatlari, summasi, valyuta turlari va to’lash usullari bo’yicha yanada takomillashtirish;

- tijorat banklarining tahliliy ishlar bo’yicha faoliyatini va bank tavakkalchiligining oldini olishni kuchaytirish, bunda har qanday bank o’zining professional faoliyatini yuritishda, kredit axboroti almashuvini tizimi bilan keng hamkorlik o’rnatishi kerak;

- progressiv fond dastaklarini, shu jumladan kommulyativ aktsiyalar, konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar, ipoteka sertifikatlari, hosilaviy va garov qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va muomalaga chiqarish ko’lamini kengaytirish;

- tijorat banklari likvidlilik riskini pasaytirish va uning barqarorligini ta’minlash maqsadida nodepozit manbalar tarkibida davlatning va aktsiyadorlik jamiyatlarining likvidli qimmatli qog’ozlari hajmini oshirish. Chunki, ularni ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida sotish orqali banklarda likvidlilik riski bilan bog’liq muammolarni tezkor ravishda oldini olish mumkin.

Hurmatli xalqaro anjuman ishtirokchilari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013 yilga “Obod turmush yili” deb nom berilishi, mamlakatimiz bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan ilohotlarni yanada jadallashtirish, ularni aholi faravonligini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, ayollar va yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, qishloq joylarni obod qilish, zamonaviy bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish va sifatini oshirish borasida ta’sirchan va samarali tadbirlar bilan kuchaytirishni hamda bor kuchimizni xayotimizni yanada obod va farovon qilishdek ezgu ishlarga safarbar etishni talab etadi.

Mazkur ma’ruza “O’zbekiston Respublikasida moliyaviy institutlarning investitsion faolligini yanada jadallashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida o’tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi tezislari to’plamida chop etilgan

(Bank-moliya akademiyasi 2013 yil 26 aprel)


Tijorat banklarining investitson saloxiyatini yanada oshirishning yo’nalishlari mavzusidagi
Yuklab olish
Hajmi: 17.62 KB


otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9061.00 +179.00
EUR
EVRO
10092.14 +163.84
RUB
Rossiya rubli
138.47 +2.09
GBP
Angliya funt sterlingi
10926.66 +151.91
16.08.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech