Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Assotsiatsiya a’zosi

Bank reytingi:

uzB++
Reyting boyicha prognoz: Barqaror
Taqdim etilgan vaqti: 03.10.2017
Oxirgi ozgartirilgan sana: 22.02.2018

Rahbar:

Boshqaruv raisi
Mirsagatov Otabek Rustamovich

Bank boshqaruvi:

Boshqaruv raisi o'rinbosari - Karabaev Otabek Faxruddinovich

Saytga havola:


“Turkiston” Xususiy Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Investitsiya Banki 1997 yili tashkil etilgan bo‘lib, 2010 yilning 25 dekabrida Markaziy bank tomonidan bank amaliyotlarini amalga oshirish uchun berilgan 57-sonli litsenziyaga ega. Dastavval, bank transport tashkilotlari uchun bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tarmoqli bank sifatida tashkil etilgan edi, ammo keyinchalik universal bank sifatidagi faoliyat sohasini kengaytirdi.

Bankning asosiy faoliyati tijorat bank faoliyatini yuritish, qimmatli qog‘ozlar bilan amaliyotlarni amalga oshirish, ssudalar va kafolatlarni taqdim etishdan iborat. Bank aholi omonatlarini qabul qiladi va kreditlar beradi, O’zbekiston Respublikasi hududida pul mablag‘lari o‘tkazishni amalga oshiradi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatadi. “Turkiston” XOATIB ning mijozlar bazasi asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan iborat.

“Turkiston” XOATIB ancha tajribali va jadal rivojlanayotgan bank hisoblanadi. Bank tomonidan ham O’zbekiston Respublikasi ichida, ham undan tashqarida moliyaviy institutlar bilan korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ayni paytda bank tomonidan mahalliy banklar bilan ham, xorijning Raiffeisenbank (Avstriya) va “Promsvyazbank” (Rossiya) bilan ham korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan.

“Turkiston” XOATIB O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Butunjahon Banklararo Moliyaviy Amaliyotlar Jamiyati (SWIFT)ning a’zosi va “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi”ning ishtirokchisi hisoblanadi.

Bugungi kunda bank tomonidan ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga zamonaviy bank xizmatlarining keng spektri taqdim etilmoqda. Xususan “Turkiston” XOATIB korporativ mijozlarga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • kassa-hisob xizmatlari
  • pul mablag‘larini joylashtirish
  • kredit mahsulotlari
  • lizing
  • bank kafolati
  • hujjatli akkreditiv
  • fond bozoridagi xizmatlar va boshqalar.

Xususiy mijozlar uchun “Turkiston” XOATIB quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • hisobni ochish va yuritish
  • omonatlar
  • internet-banking
  • plastik kartalar
  • ta’lim krediti
  • ipoteka
  • iste’mol krediti va boshqalar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech