Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Assotsiatsiya a’zosi

Bank reytingi:

uzA+
Reyting boyicha prognoz: Barqaror
Taqdim etilgan vaqti: 01.06.2017
Oxirgi ozgartirilgan sana: 01.12.2017

Rahbar:

Boshqaruv raisi
Abduraxmanov Maxmud Sativaldiyevich

Bank boshqaruvi:

Qo'qonboev Umidjon Abduraximovich - Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari

Baxriddinov Sharofiddin - Boshqaruv raisi o’rinbosari

Raxmatov Xasan O'tkirovich - Boshqaruv raisi o'rinbosari

Bo'ronov Xudoyor Amanovich - Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig'i - bosh buxgalter

Abduqaxarov Aziz To'lqunovich - Yuridik boshqarma boshlig'i

Iskandarov Shavkat Normatovich - Kreditlash va bankning investitsion muvofiqlashtirish departamenti direktori

Saytga havola:


Telefon:

(371) 200-65-65

E-mail:


Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.

AT «Aloqabank» universal-tijorat bank sifatida o’z faoliyatini quyidagi litsenziyalar asosida amalga oshiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2014 yil 4 avgustdagi 48-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish litsenziyasi (1995 yil 22 martdagi 48-sonli litsenziyaga almashtirilgan);
  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2014 yil 4 avgustdagi 59-sonli xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish haqidagi Bosh litsenziyasi (1996 yil 21 avgust 38-sonli litsenziyasiga almashtirilgan);

Hozirgi kunda bank:

  • O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
  • O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi;
  • Fuqarolarning banklardagi "Omonatlarini kafolatlash jamg’armasi" a'zosi;
  • “Toshkent” Respublika fond birjasi qatnashchisi;
  • O’zbekiston umumdavlat to’lov tizimining a’zosi;
  • SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosii;
  • VISA xalqaro to'lov tizimi a'zosi;
  • O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi;
  • sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi.

Bank WESTERN UNION, UNISTREAM, CASPIAN MONEY TRANSFER, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, ЛИДЕР, CONTACT, MONEY GRAM, ANELIK kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.

Vakillik munosabatlari:

  • AG Commerzbank (Germaniya);
  • YAJ Asia-Invest Bank (Rossiya);
  • Agricultural Bank of China (Xitoy);
  • KB Kookmin Bank (Koreya Respublikasi);
  • Bank of China (Xitoy).

Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2008-2010 yy, 2012-1014 yy.)

Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan:

  • “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi;
  • Elektromagnit moslashuv markazi;
  • Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi;
  • Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti;
  • “Alskom” sug’urta kompaniyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
  • Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi;
  • "DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
  • “O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi;
  • "MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
  • “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech