Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

uba banki.jpg

«O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining tashkil etilishi - bu davr talabidir. Hozirgi yangi sharoitda bank tizimi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini bog’lashi va ularni rivojlanishiga xizmat qilishi bilan tobora katta ahamiyatni kasb etmoqda. Aynan banklar xalq xo’jaligining barqarorligini, rivojlanish odimlarini va yo’nalishini belgilayidi, har bir fuqoroning farovon yashashiga asos yaratadi»

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov


To'liq nomi: O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIASI

Qisqa nomi: O'BA

Maqsad va vazifalari

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining asosiy maqsadlari:

  • Bozor islohotlari borasida davlat siyosatini amalga oshirishda tijorat banklari rolini oshirish;
  • O’zbekiston bank tizimining mustahkam asosi sifatida xalqaro andozalar darajasida yagona bank infratuzilmasini tashkil etish;
  • Bank tizimini markazlashgan boshqarishning iqtisodiy dastaklari mavjud bo’lgan sharoitda tijorat banklarining mustaqilligini oshirishga ko’maklashish;
  • Assotsiatsiya ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga har tomonlama yordam ko’rsatish.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining bosh maqsadi – bank sektorini jahon bank tizimiga integratsiyasini ta’minlash orqali mamlakatimiz banklarini xalqaro standartlar darajasiga erishishiga ko’mak ko’rsatishga qaratilgan.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bank hamjamiyati oldidagi o’z vazifa va maqsadlariga muvofiq bor salohiyat va e’tiborini quyidagilarga yo’naltiradi:

  • Tijorat banklarga bo’lgan ishonchni yanada oshirishga;
  • Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratishga;
  • Korxonalarni modernizatsiyalash, texnologik va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha banklarning investitsion faoliyatini jadallashtirishga;
  • Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va ularning egalarini rag’batlantirishga;
  • Bank-moliya tizimi mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashni takomillashtirishga va h.k.

Missiyasi

Assotsiatsiya o’z faoliyatida Markaziy bank, mamlakatimizning hukumat muassasalari bilan aloqada bo’lib, qonun loyihalarini tayyorlashda, shuningdek bank tizimini rivojlantirish va isloh etish bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etadi, bu jamiyatning Assotsiatsiyaga bo’lgan ishonchining yuqoriligini va uning faoliyati Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini ko’rsatadi.

O’z faoliyati davomida Assotsiatsiya o’z tarkibi va infratuzilmasini takomillashtirish bo’yicha qator ishlarni amalga oshirdi. Tijorat banklariga yangi xizmat turlarini taklif etadigan kompaniyalar tashkil etildi. Respublikamiz mintaqalarida Assotsiatsiya muassasalari ochilib, bular orqali tijorat banklarining mintaqalardagi filiallariga xizmat ko’rsatiladi. Bank sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ular kasbiy darajasini doimiy oshirishni ta’minlovci uzluksiz tizim yaratildi va u tizim muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.

Assotsiatsiyaning faoliyati banklar o’rtasida haqiqiy raqobatni ta’minlash, O’zbekiston aholisining bank hamjamiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga, tijorat banklarining O’zbekiston moliya bozoridagi o’rnini mustahkamlash, hamda ularning moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirishga qaratilgandir, bu esa o’z navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga imkon yaratadi.

Assotsiatsiyaning ish tartibi

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining ish vaqti dam olish va bayram kunlaridan tashqari har kuni soat 9-00 dan 18-00 gacha.


otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8314.85 +15.65
EUR
EVRO
9408.25 -3.04
RUB
Rossiya rubli
123.85 -1.54
GBP
Angliya funt sterlingi
10602.27 -30.67
04.12.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech