Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O'ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASINING

YAGONA MA’LUMOTLAR TELEFONI ORQALI MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI


Yagona ma’lumotlar telefoni: (+998 71) 238 69 60

1. Xizmat tavsifi (pasporti) 

1.1. Xizmat nomi

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi “Yagona ma’lumotlar telefoni” orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotlar berish.

1.2. Xizmat natijasi

Jismoniy va yuridik shaxslarga Assotsiatsiya va uning tarkibiga kiruvchi bo’linmalar faoliyati hamda, Assotsiatsiya a’zolari tijorat banklari haqidagi, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi xizmat vakolatiga kiradigan ma’lumotlarni berish.

1.3. Xuquqiy asos

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

1.4. Xizmatni oluvchilar

Yuridik va jismoniy shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.

1.5. So’rovnomani berish vaqtlari

Har ish kuni, bayram kunlaridan tashqari, soat 09:00 dan 18:00 gacha.

1.6. Bajarish muddati

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi “Yagona ma’lumotlar telefoni” orqali ma’lumotlar amalga oshirilgan qo’ng’iroq davomidagi suhbat jarayonida beriladi. 

2.Xizmatni oluvchilarni xabardor qilish

2.1. Ma’lumotlar tarkibi va hajmi

Taqdim qilinayotgan ma’lumotlar tarkibi va hajmi murojaatlarni ko’rib chiqish yakunlari bo’yicha belgilanadi.

2.2. So’rov bo’yicha ma’lumot

So’rov bo’yicha ma’lumotlar telefon qo’ng’irog’i yo’li bilan olinadi.

2.3. Xizmat ko’rsatish manzili bo’yicha ma’lumot

Xizmat ko’rsatish manzili O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi

2.4. Foydalaniladigan blanklar (shakllar) 

Foydalanilmaydi.

3. Xizmat ko’rsatish 

3.1. Ish vaqti 

Murojaatlar har kuni, ish vaqtlarida qabul qilinadi.

3.2. Kutish shartlari

Telefon qo’ng’irog’i orqali xizmat ko’rsatish navbat usuli bo’yicha amalga oshiriladi.

4. Xizmat ko’rsatish tartibi

4.1. Kerakli xujjatlar

Xizmatni olish uchun “Yagona ma’lumotlar telefoni”ga qo’ng’iroqni amalga oshirish kifoya. Suhbat davomida murojaat etuvchi o’zini tanishtirishi xamda aniq savol bilan murojaat qilishi lozim.

4.2. Xizmat haqi

Xizmat ko’rsatish uchun haq olinmaydi.

4.3. Xizmat ko’rsatishning ichki tartibi

“Yagona ma’lumotlar telefoni” O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining devonxonasida joylashtiriladi. Murojaatlar devonxona mudiri tomonidan qabul qilinadi, so’ngra berilgan savol mazmuniga asosan murojaat etuvchiga javob beriladi yoki suhbat ushbu savolga javob berish vakolatiga ega departamentga o’tkaziladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan savollarga to’liq va aniq javob berish uchun qo’shimcha ma’lumotlar va materiallarga extiyoj tug’ilgan vaqtda banklar Assotsiatsiyasining vakolatli xodimi qo’shimcha ma’lumotlarni ushbu suhbat mobaynida yig’ishi mumkin.

4.4. Rad javobini berish asoslari

Murojaat etuvchining bir necha marotaba, bir xil savol bilan murojaat etishi xamda noqonuniy xarakterga ega bo’lgan murojaatlar qabul qilinmaydi.

Yagona ma'lumotlar telefoni tartibi
Hajmi: 103.60 КБ
Format: pdf

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech