Banklar reytingi

Assotsiatsiya a’zosi
Bank reytingi:
uzA+
Reyting boyicha prognoz: Barqaror
Taqdim etilgan vaqti: 31.08.2017
Oxirgi ozgartirilgan sana: 22.02.2018
Rahbar:
Boshqaruv raisi
Mullajanov Qahramon Qadirovich
Mullajanov Qahramon Qadirovich
Bank boshqaruvi:
Boshqaruvi raisi birinchi o’rinbosari |
Kasimov Rustam Kodirjanovich |
Boshqaruvi raisi o’rinbosari |
Norinboev Oybek Kobiljanovich |
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazorat departamenti boshlig’i |
Atakulov Ramon Ismoilovich |
Kreditlash departamenti boshlig'i |
Toshxo'jaev Oybek Shuxratovich |
Yuridik boshqarma boshlig'i |
Pulatova Munira Shuxratovna |
Saytga havola:
Telefon:
(998 71) 200-55-22
Faks:
(998 71) 120-26-99
E-mail:
Manzil:
100029, Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko’chasi, 1
«Asaka» bank mamlakatimiz moliyaviy xizmatlar bozorida 21 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bank 1995 yilda tashkil etilgan. Aksiyadorlari — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «O’zavtosanoat» Aksiyadorlik Kompaniyasi, O’zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, «Olmaliq TMK» AJ, «Buxoro NQZ» UK, «O’zbekiston temir yo’llаri» DАK va boshqalar.
Kapital va aktivlar hajmi bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida yetakchi banklardan biridir. Hududiy tarmoq O’zbekiston Respublikasi butun hududini qamrab olib 26 ta filial, 83 ta mini-bank va 192 ta jamg’arma, maxsus va ko’chma kassadan iborat. Moliya bozorida keng hajmda an’anaviy va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etuvchi yirik universal moliyaviy-kredit instituti muassasasi sifatida o’rin egallangan.
«Asaka» bank xizmatlaridan foydalanuvchi xo’jalik yurutuvchi subyektlarning soni — 43,5 ming nafardan ortiq. Ular qatorida mashinasozlik, aniq mashinasozlik va asbobsozlik, metallarga ishlov berish, konchilik, energetika, qurilish majmuasi, paxtani qayta ishlash sanoati, to’qimachilik sanoati, dori-darmon ishlab chiqarish, nashriyot, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish, xizmat ko’rsatish kabi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar vakillari mavjud. Xizmatlardan foydalanayotgan jismoniy shaxslarning soni 1914,7 ming nafardan ortiq.
Bankning chakana xizmatlaridan muntazam ravishda foydalanuvchilar soni 1,8 million nafardan oshdi.
«Asaka» bank tashqi iqtisodiy hamkorlikning faol ishtirokchisi. Mamlakatimiz iqtisodining strategik sohalarini rivojlantirishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etishga ko’maklashib kelmoqda. 350 dan ziyod yetakchi xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilgan.
Nufuzli xorijiy «Euromoney», «Global Finance» va «The Banker» nashriyotlari tomonidan «O’zbekistonning eng yaxshi banki» unvoniga bir necha bor sazovor bo’ldi.
«Asaka» bank o’zining xalqaro maydondagi maqomiga katta etibor qaratadi. Hususan, bank doimiy tarzda xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori reyting baholariga sazovor bo’lmoqda.
Asaka» bank jami aktivlari 2017 yil 1 oktyabr holatiga 22 661,5 mlrd.so’mni tashkil etdi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 14 871,9 mlrd.so’mga o’sdi.
Bank jami kapitalini 775,3 mlrd.so’mga o’sishiga erishildi va 1 752,3 mlrd.so’mga yetkazildi.
Bank kredit qo’yilmalari va lizing xizmatlari hajmi so’m ekvivalentida 13 787,4 mlrd.so’mni tashkil qildi.
Kredit qo’yilmalarining 13 458,2 mlrd. som miqdoridagi qismi uzoq muddatli kreditlarni tashkil etadi, shundan 12 283,9 mlrd so’m miqdoridagi qismi investitsion kreditlardir.