Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Assotsiatsiya a’zosi

Bank reytingi:

uzA
Reyting boyicha prognoz: Barqaror
Taqdim etilgan vaqti: 11.10.2017
Oxirgi ozgartirilgan sana: 30.01.2018

Rahbar:

Boshqaruv raisi
Olimov Qaxramon Anvarovich

Bank boshqaruvi:

Yuldashev Baxodir Tashpulatovich - Boshqaruv raisi o’rinbosari

Karimbaev Sherzod Qobilovich - Boshqaruv raisi o'rinbosari

Voistinov Konstantin Alekseyevich - Boshqaruv raisi o'rinbosari

Skuybida Elena Evgenyevna - Bosh buxgalter

Nuritdinova Madina Djalalitdinovna - Xatarlarni boshqarish departamenti

Samandarov Muhammad Donaboevich - Yuridik xizmat departamenti

Saytga havola:


Telefon:

(371) 236-20-83

E-mail:


“Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Soha parametrlari bo‘yicha mijozlar bazasining diversifikatsiya qilingan tuzilmasini shakllantirish, tarif siyosatining o‘rtacha bozor darajasiga yo‘naltirilganligi, uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mijoz biznesini samarali qo‘llab-quvvatlash – mijozlar borasida bank olib boradigan siyosatning asosiy yo‘nalishidir.
Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. “Kapitalbank” ATBning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.
Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir.
Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.
“Kapitalbank” ATB ko‘p yillik faoliyati davomida ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, quyidagilar shular jumlasidan:

• 2010 yilda “Unistream” TB AJning “Manzilsiz pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchi”;
• «Top Country Teams - mamlakatning eng yaxshi jamoalari 2008” dasturining “2008 yilda Barcha toifalar bo‘yicha eng yaxshi punkt” ;
• EUROMONEY talqini bo‘yicha “Korporativ boshqaruv” nominatsiyasida “2008 yilning eng yaxshi banki”;
• Investitsion Institutlar Milliy Assotsiatsiyasi talqini bo‘yicha 2006- va 2007-yillarda Qimmatli qog‘ozlar bozorida eng yaxshi tijorat banki”;
• MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida WESTERN UNION kompaniyasi sheriklari ichida “2006 yilda eng yaxshi agent” hamda WESTERN UNIONning “Klub 500” dasturining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mintaqasi bo‘yicha “2007 yilda xizmat ko‘rsatish sifati eng yuqori o‘sishi” mukofotlari.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech