Banklar reytingi

Rahbar:
Mirsoatov Alishеr Kudratullaevich
Bank boshqaruvi:
Boshqaruv Raisi birinchi o‘rinbosari: |
Saydullayev Nodirbek Narzullaevich |
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari: |
Matkarimov Ulugbek Izatullaevich |
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari: |
Jalilov Bahodir Amiralievich |
Buxgaltеriya hisobi va hisoboti dеpartamеnti dirеktori |
Raximova Go‘zal Fatxullaevna |
Yuridik xizmat dеpartamеnti dirеktori |
Ismailova Gulnara Zaynitdinovna |
Loyihalarni moliyalashtirish markazi dirеktori |
Tulyaganov Qudratilla Asatullaevich |
Valuta opеratsiyalari dеpartamеnti dirеktori |
Olеynik Lyubov Anatolevna |
Kichik biznes dеpartamеnti dirеktori |
Kazimov Baxtiyor Ibodovich |
Ichki nazorat departamenti direktori |
Isroilov Abdurashid Abdurahmonovich |
Bankni strategik rivojlantirish departamenti dirеktori |
G’ofur Qosim Po’lat |
Invеstitsiya dеpartamеnti dirеktori |
Kurambayev Azamat Karimbayevich |
G‘aznachilik dеpartamеnti dirеktori |
Alimov Saidagzam Saidboriyevich |
Saytga havola:
Telefon:
Faks:
E-mail:
Manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov 1991 yil sentabr oyida chiqargan Farmon bilan tashkil etilgan.
Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. Mohiyatan, bugungi kunda O‘zmilliybank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro moliya bozorlaridagi “tashrifnoma”si bo‘lib qoldi. Konservativ, puxta o‘ylangan siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali mexanizmlarini, o‘sish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va jo‘shqin rivojlanib, professional moliya muassasasi, o‘z mijozlarining ishonchli sherigi sifatida mustahkam obro‘ga ega bo‘lish imkonini berdi.
Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan. O‘zmilliybank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani O‘zmilliybank O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir.
Milliy bank keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda.