Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Assotsiatsiya a’zosi

Bank reytingi:

uzB
Reyting boyicha prognoz: Barqaror
Taqdim etilgan vaqti: 31.08.2017
Oxirgi ozgartirilgan sana: 26.02.2018

Rahbar:

Boshqaruv raisi
Turaqulov Zafar Qodirovich

Bank boshqaruvi:

Bosh hisobchi - Po'latov Orifjon Abdalievich

Saytga havola:


Xususiy Ochiq Aktsiyadorlik Tijorat Banki «Universalbank» (UNB) 2001 yili «Qo’qon» ochiq aktsiyadorlik tijorat banki bazasida ochiq aktsiyadorlik jamiyati sifatida 0,05 mlrd. so’m boshlang’ich ustav kapitali bilan tashkil qilingan.

Bank aktsiyadorlari nodavlat shirkatlar va jismoniy shaxslardir. UNB 2002 yil avgustdan boshlab rivojlanishga qadam qo’ydi. 2003 yil aprelda Toshkent shahrida uning birinchi filiali ochildi.

UNB O’zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi, Investitsion Institutlar Milliy Assotsiatsiyasi, aholi omonatlarini Kafolatlash Fondining a’zosi hisoblanadi. UNB ning halqaro hamkorlariga Raiffaisen Zentral bank Osterreigh, Rossiya Jamg’arma Banki, hamda pul o’tkazmalari tizimi bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi bir qator shirkatlar kiradi.

UNB — samarali boshqaruv tizimiga ega, mijozlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarida barqaror rivojlanayotgan moliyaviy tashkilot.

UNB — universal bank bo’lib, moliyaviy xizmatlar bozorida taqdim etilgan bank operatsiyalarining barcha asosiy turlari, shu jumladan shaxsiy va korporativ mijozlarga xizmat ko’rsatish, bank investitsion biznesi, savdoni moliyalashtirish va aktivlarni boshkarish kabi ishlarni amalga oshiradi. UNB alohida e’tiborni likvidlik va kapitallashtirish risklarini boshqarishga qaratadi.

UNB ning amaldagi eng muhim vazifalaridan foydalilikni oshirish maqsadida amalga oshiriladigan aktiv va passivlarning samarali boshqaruvi, kredit portfelining qarzdorning salohiyatiga mos ravishda bir maromda oshirib borilishi, komission daromadlarning oshirilishi, qarz kapitali bozorlarida mablag’larni jalb qilinishi, hisob-kitobga asoslangan biznes va uzoqdagi xizmat ko’rsatish kanallarining kelgusi ravnaqini ajratib ko’rsatish mumkin.

Bugungi kunda UNB ni mamlakatning jadal sur’atlar bilan faoliyat olib borayotgan moliyaviy-kredit tashkilotlar qatoriga kiritilmoqda. «Ahbor-Reyting» milliy reyting agentligi UNB ning milliy «uzA» shkalasi bo’yicha kredit reytingini «uzV» darajada deb e’tirof etdi va istiqbolini «Barqaror» deb tasdiqladi.

Bizning rivojlanish kontseptsiyamiz xodimlar tajribalaridan imkon qadar samarali foydalanishga asoslanadi. Bu tajribalar zamonaviy texnologiyalarni bank faoliyatiga joriy qilish bo’yicha o’z yo’nalishimizni belgilashimiz yo’lida dastak bo’lib xizmat qilmoqda.

Mijoz haqida qayg’urish, optimal xizmat ko’rsatish shartlari, birinchi darajadali bank xizmatlarini taqdim qilish, xodimlarning kasbiy mahorati hamisha UNB ning o’ziga xos jihatlari bo’lib xizmat qilgan va bundan keyin ham xizmat qiladi. Biz shuni e’tirof etamizki, birinchi navbatda mijozlarning hurmati va ishonchi bizning eng asosiy sarmoyamizdir.

UNB ning Bosh ofisi Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida joylashgan. UNB ning vakili sifatida uning Qo’qondagi Operatsion bo’linmasi va Toshkent shahridagi filiali faoliyat yuritadilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech