Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Rahbar:

Abdukarimov Ravshan Mirzakarimovich

Bosh direktor

Havola:


Telefon:

(+998 71) 203 47 47

E-mail:


Manzil:

100027, Toshkent shahri, Qoratosh ko'chasi, 1

“Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi o‘z faoliyatini 2000 yilda O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasinig sho‘baa tashkiloti sifatida Kredit-axborot byurosi nomi ostida boshladi.

2004-yilda kredit byurosi hukumat roziligi bilan 4 dona katta banklarni ta’sischi sifatida qabul qilib o‘z faoliyatini MCHJ “Banklararo kredit byurosi” nomi ostida yurita boshladi. 2004 yilda Hukumat tomonidan tasdiqlangach kredit byurosi ta'sischilar sifatida respublikaning 4 ta yirik bankini o‘z tarkibiga qabul qildi va "Banklararo kredit byurosi " nomini oldi.

2011 yil 4 oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasining kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingach ta’sischilar safiga O‘zbekistonning barcha tijorat banklari teng ulushda qo’shilishdi, va Kredit byurosi o‘z faoliyatini “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi sifatida boshladi.

Kredit byurosining ustav kapitali 1 240,0 mln. So'mni tashkil etadi.

1 oktyabr kuni mustaqil baholovchi Grant Thronton Valuation tomonidan Kredit byurosi bozor qiymatiga ko‘ra 4,301,028 (to'rt million uch yuz ming yigirma sakkiz) AQSH dollari yoki 12,946,955,300 (o'n ikki milliard to'qqiz yuz qirq olti million to'qqiz yuz ellik besh uch yuz) deb baholandi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 01.10.2016 yildagi kursi bo'yicha.

Kredit byurosi tomonidan kredit axboroti almashiladigan ASOKI nomli avtomatlashtirilgan tizim yaratilgan bo‘lib u yurtimizdagi barcha tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarni o‘z ichiga oladi. ASOKI ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi ishga layoqatli 27,8% aholisinig kredit tarixlari saqlanadi. 2017 yil 1 yanvar holatiga ko'ra ushbu ko'rsatkich 7 642 ming jismoniy shaxs, shu jumladan 589,7 ming yuridik shaxsni (tashkilot va korxonalarni) tashkil etdi .

Kredit byurosining ma'lumotlar bazasida kredit oluvchilar soni to'g'risida ma'lumot.

Sana

Yuridik shaxs

Jismoniy shaxs

Umumiy

O‘sish

01.01.2012

511,38

321,45

832,83


01.01.2013

654,39

2526,17

3180,56

381,9%

01.01.2014

839,01

2778,79

3617,79

113,7%

01.01.2015

876,76

2917,72

3794,49

104,9%

01.01.2016

1414,98

4163,92

5578,90

147,0%

01.01.2017

589,75

7642,03

8 231,78

147,6%

Ayni paytda KATM ASOKI lizing kompaniyalari, kommunal, soliq organlari, kadastr organlari, notariat axborot yetkazib beruvchilar sonining kiritish uchun loyihalarni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston - “Doing Business" xalqaro reytingida ko‘rsatkichlar


Reytingning yo'nalishlari

2012 год

2013 год

2014 год

2015 год

2016 год

2017 год

2018 год

Kreditlash

159

154

130

104

42

44

55

Mamlakat reytingi

166

154

146

141

87

87

74


Kreditlash


Kredit axborotlari indeksi (8 ballgacha)

7

Yuridik huquqlar indeksi (12 ballgacha)

6


Huquqiy asos

O'zbekistonda kredit byurosi, foydalanuvchilar, yetkazib beruvchilar va kredit axborotlari sub'ektlari o'rtasida kredit axboroti almashinuvini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratildi. Asosiy normativ hujjat Oliy Majlis tomonidan 2011 yil 4 oktyabrda qabul qilingan va 2012 yil 1 yanvardan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida" gi qonunidir. Kredit byurosining faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ishtirokchilarning kredit axboroti almashinuvi tizimida o'zaro munosabatlar tartibi ham qabul qilindi.

Kredit byurosining vazifalari

Kredit byurosi zimmasiga mikrokreditlar taqdim etishda qulaylik yaratish hamda avtomatlashtirilgan tarzda mikrokredit bo‘yicha qaror qabul qilish kredit tashkilotlarini potensial kredit oluvchilarning kredit tarixi ma’lumotlari va moliyaviy holati bilan ta’minlash kiradi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech