Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yagona ishonch telefoni orqali 2017 yil davomida qabul qilingan murojaatlar statistikasi

Sub'ektlar I - chorak II - chorak III - chorak IV - chorak
Jismoniy shaxlar 1 - - 1
Yuridik shaxslar - - - -
Jami 1 - - 1


YAGONA ISHONCH TELEFONI ORQALI MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

I. Umumiy qoidalar

Ushbu Tartib O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi (bundan buyon matnda Assotsiatsiya deb yuritiladi) telefon aloqasining maxsus liniyasi (bundan buyon matnda “Ishonch telefoni” deb yuritiladi) orqali qabul qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Assotsiatsiya xamda uning tizimidagi kompaniya va tashkilotlarga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko’rib chiqish “Ishonch telefoni”ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

“Ishonch telefoni” orqali og’zaki ariza, taklif va shikoyat ko’rinishidagi murojaatlar qabul qilinadi.

(+998 71) 238-69-01 raqamli “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar dushanba – juma kunlari (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha mas’ul xodim tomonidan qabul qilinadi. Kunning boshqa vaqtlarida murojaatlar avtomatik javob berish vositasida qabul qilinadi.

II. «Ishonch telefoni” orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish

“Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar Assotsiatsiya bosh direktori tasdiqlagan mas’ul xodim tomonidan qabul qilinadi.

  • “Ishonch telefoni” orqali telefon qo’ng’iroqlariga javob berishda mas’ul xodim:

  • familiyasi (ismi, otasining ismi), egallab turgan lavozimini aytishi;

  • qo’ng’iroq qilgan shaxsga “Ishonch telefoni” arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolg’on ma’lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishini ma’lum qilishi;

  • qo’ng’iroq qilgan shaxsga ushbu Tartibning 7-bandida ko’rsatilgan axborot va ma’lumotlarni ma’lum qilishni taklif etishi shart.

“Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishda fuqarolar familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlarni, javob yuborilishi kerak bo’lgan pochta manzilini, qayta bog’lanish uchun telefon raqamini ma’lum qilishi, shuningdek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.

“Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlar Assotsiatsiya mas’ul xodimi tomonidan umumlashtiriladi xamda ushbu Tartibning 1-ilovasiga muvofiq qaydlov (nazorat) varaqasi to’ldiriladi va devonxonaga ro’yxatga olish uchun topshiriladi.

“Ishonch telefoni” orqali qabul qilingan murojaatlar qaydlov (nazorat) varaqasi Assotsiatsiya devonxonasiga kelib tushgandan so’ng, devonxona mas’ul xodimi tomonidan elektron xujjat aylanish tizimiga kiritiladi va tegishli rezolyutsiya qo’yish uchun bosh direktorga taqdim etiladi.

Ushbu Tartibning 7-bandida ko’rsatilgan axborot va ma’lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro’yxatdan o’tkazilmaydi va ko’rib chiqilmaydi.

III. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan murojaatlarni ko’rib chiqish

“Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar, bosh direktor rezolyutsiyaga ko’ra tayinlangan mas’ul xodim tomonidan ko’rib chiqiladi. Zarur hollarda murojaatda ko’rsatilgan holat bo’yicha murojaatchini  jalb etgan holda joyiga chiqib o’rganilishi mumkin.

Ko’rib chiqilishi O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar tushgan taqdirda, mas’ul xodim tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Murojaatlar, agar murojaat etuvchilarning shunday xususiyatga ega bo’lgan avvalgi murojaati bo’yicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga ushbu Tartibda belgilangan xolda xabar qilingan bo’lsa, rad etilishi mumkin.

Murojaatlarni ko’rib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni Assotsiatsiya mas’ul xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Assotsiatsiya tasarrufidagi tegishli kompaniya va tashkilotlarning qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan murojaatlardan tashqari boshqa murojaatlar  ko’rib chiqish uchun ushbu kompaniya va tashkilotlarga yuboriladi.

Assotsiatsiya ijroiy direktsiyasiga “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan barcha murojaatlar rahbariyat qoshidagi apparat xodimlari tomonidan nazoratga olinadi.

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan Assotsiatsiya tomonidan hal etilishi shart bo’lgan xollarda, murojaatlar Assotsiatsiyaga kelib tushgan kundan e’tiboran o’n besh kun ichida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni so’rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallarni so’rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ularni ko’rib chiqish muddatlari Assotsiatsiya bosh direktori tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Taklif Assotsiatsiyaga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo’lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o’n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

Murojaat ko’rib chiqilib undagi masalalar hal etilgandan so’ng, qabul qilingan qarorlar haqida murojaat etuvchiga yozma ravishda javob xati yo’llanadi. Murojaat qiluvchi telefon liniyasi orqali og’zaki javob olish istagini bildirgan hollarda bu haqida qaydlov (nazorat) varaqasiga tegishli yozuv kiritiladi xamda telefon liniyasi orqali og’zaki javob beriladi.

Murojaatni ko’rib chiqish jarayonida olingan  materiallar asosida, mas’ul ijrochi bosh direktorga ko’rib chiqish natijasi haqida ahborot beradi. Murojaat bosh direktor yoki vakolatli boshqa mansabdor shaxs tomonidan tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.

Murojaatlarni ko’rib chiqish bilan bog’liq barcha hujjatlar mas’ul xodimga saqlash uchun topshiriladi.

IV. Yakunlovchi qoidalar

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilishni yoki ko’rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik ustidan bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilish xaqlidirlar.

Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.

Yagona ishonch telefoni tartibi
Hajmi: 203.28 КБ
Format: pdf
Tijorat banklari ishonch telefonlari
Hajmi: 14.25 КБ
Format: docx


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech