«Mikrokreditbank» bo’yicha Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi moliyalash liniyasi to’g’risida
MA’LUMOT
1. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish tug’risida ma’lumot | |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish sohasi |
Kichik biznes |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
Tadbirkorlarning xorijdan asbob-uskuna, texnologiya, shuningdek sanoat, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda foydalaniladigan transport vositalari va texnikalarini harid qilish. |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
Minimum - 200 000 AQSh dol. Maksimum - 2 500 000 AQSh dol. |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kredining maksimal muddati |
Moliyalash liniyasi muddatidan oshmagan muddatga 60 oy (5 yil) |
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari |
AQSh dollarida: 8,0% + (5 yillik svop) + bank marjasi |
Loyiha bo’yicha beriladigan imtiyozli davr |
6 oy |
Loyihani ko’rib chikish uchun komissiya |
Moliyalashni tashkil etish uchun kafolat summasiga nisbatan 2,2% dan kam bo’lmagan miqdorida ma’muriy to’lov amalga oshiradi |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya olinmaydi |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
Kredit oluvchi loyihada 20-30 foizidan kam bo’lmagan ulush bilan ishtirok etishi talab etiladi |
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati |
Cheklanmagan (Isroil davlati bilan bog’liq loyihalar bundan istasno) |
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshka muxim shartlar ko’rsatiladi) |
Loyiha amalga oshiriladigan hududda istiqomat qiluvchi, bankda hisob raqami mavjud bo’lgan, belgilangan reja asosida faoliyat yurituvchi davlat ulushi 49% dan yuqori bo’lmagan tadbirkorlik sub’ektlariga. Mijoz tomonidan taqdim etiladigan garov bank kafolatiga asos bo’lib, kafolat summasining 125 foizidan kam bo’lmasligi lozim |