Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 avgust 2021 y. - 25 avgust 2021 y.
Bank tizimining bir nechta rahbar xodimlari davlat mukofotlari bilan mukofotlandilar
     O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi. Farmonga ko‘ra, mukofotlanganlar qatorida bank tizimining bir nechta rahbar xodimlari ham bor.

    Jumladan, “Do‘stlik” ordeni bilan Xamidov Baxtiyar Sultanovich - O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi bosh direktori mukofotlandi.

    Shuningdek “Do‘stlik” ordeni bilan
 Jalilov Raxmatali Kambarovich - “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining maslahatchisi; 

 «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
 Mamatkulov Rustam Uktamovich - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi;
 Mirzayev Chori Sadibakosovich - “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi; 
 Fazilova Zulfiya Valjanovna - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki moliyaviy nazorat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari. 

    “Shuhrat” medali bilan
 Masharipov Shonazar Jumanazarovich - “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining kredit qarzdorliklari bilan ishlash departamenti direktori; 
 Nasretdinova Nasiba Irkinovna - “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari; 
 Rashidova Gulzoda Ataxanovna - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari; 
 Niyazova Xilola Akramovna - “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining korporativ munosabatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i taqdirlandilar.
 
   Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi barcha bank sohasida faoliyat yuritayotgan sovrindorlarni yangi eʼtirof bilan qutlaydi


  Ro’yxatga qaytish
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech