“Qoraqalpog’istonda pillachilikni rivojlantirish” loyihasi mablag’lari hisobidan tadbirkorlik sub’ektlariga va qishloq aholisiga mikrokreditlar ajratish shartlari to’g’risida
1. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish tug’risida ma’lumot | |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish sohasi |
Pillachilik |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
Tadbirkorlarga pilla boqish, qayta ishlash va ipak matolari to’qishga mikrokredit ajratish |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
Yuridik maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlarga 1000 AQSh dollarigacha ekvivalentda; Yuridik tadbirkorlarga 5000 AQSh dollarigacha ekvivalentda |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kredining maksimal muddati |
Pilla boqish uchun 6 oygacha. Pillani qayta ishlash, ipak ishlab chiqarish, shoyi va ipak matolarni to’qish uchun 18 oygacha bo’lgan muddatga |
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari |
10% |
Loyiha bo’yicha beriladigan imtiyozli davr |
Yuridik maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlarga 3 oyga qadar Yuridik tadbirkorlarga 5 oyga qadar |
Loyihani ko’rib chikish uchun komissiya |
Kredit (lizing,faktoring) xujjatlarini rasmiylashtirishda ixtiyoriy ravishda konsalting xizmati ko’rsatish (shartnoma asosida) kredit summasining 0,2% miqdorida |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya olinmaydi |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
Ulushi mavjud emas |
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati |
O’zbekiston Respublikasi |
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshka muxim shartlar ko’rsatiladi) |
Kredit olish istagidagi tadbirkorlar O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi qoshidagi "Qoraqalpog’istonda pillachilikni rivojlantirish loyihasini amalga oshirish guruhi”ning Resurs markazlarida pillachilik ishi bo’yicha trenninglarda ishtirok etishi lozim. Ushbu kredit liniya hisobidan ilk marta kredit olgan hamda uning asosiy qarzining 70% va foizlarini o’z vaqtida qatargan tadbirkorlarga qolgan 30% kredit grant sifatida mijozda qoldiriladi. |