“Mikrokreditbank” OATB tomonidan ayol tadbirkorlarga Xalqaro hamkorlik bo’yicha Germaniya jamg’arma kassalari fondi loyihasi hisobidan kredit ajratish shartlari to’g’risida
1. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish tug’risida ma’lumot | |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish sohasi |
Tadbirkorlik faoliyati |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
Ayol tadbirkorlarga kreditlar ajratish |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
Yuridik shaxs maqomiga ega bulgan tadbirkorlik sub’ektlari (mikrofirma, xususiy korxona, MChJ va h.q.) uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravarigacha miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorida |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kredining maksimal muddati |
3 yilgacha bo’lgan muddatga |
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari |
Yillik 12 foiz stavka bo’yicha |
Loyiha bo’yicha beriladigan imtiyozli davr |
3 oygacha bo’lgan davrga |
Loyihani ko’rib chikish uchun komissiya |
Kredit (lizing, faktoring) xujjatlarini rasmiylashtirishda ixtiyoriy ravishda konsalting xizmati ko’rsatish (shartnoma asosida) kredit summasining 0,2% miqdorida |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya olinmaydi |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
kredit oluvchi loyihada 30 foizidan kam bo’lmagan ulush bilan ishtirok etadi |
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati |
cheklanmagan |
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshka muxim shartlar ko’rsatiladi) |
Loyiha hisobidan kreditlar Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan ayol tadbirkorlarga ajratiladi |