Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

MA’LUMOT

1. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish to’g’risida ma’lumot

Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish sohasi

- Qishloq xo’jaligi va chorvachilik maxsulotlarini hamda meva-sabzavotlarni qayta ishlash uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalar sotib olish maqsadida;;

- Mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash maqsadida zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida;

- Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, bunda yangi turlarini tadbiq etgan xolda;

- Tayyor oziq-ovqat va nooziq-ovqat turdagi iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish;

- Servis va xizmatlar doirasi, turizmni rivojlantirish.

Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi

Koreyadan etkazib beriladigan tovar va xizmatlar bo’yicha tuzilayotgan import shartnomalarning 85%ni moliyalashtirish

Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi

100.000 AQSh doll. miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda

Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati

kredit maqsadiga qarab 2 yildan 7 yilgacha

Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari

CIRR yoki LIBOR + har bir loyiha bo’yicha alohida aniqlanadigan Koreya Eksimbanki marjasi + O’zmilliybank marjasi, har bir loyiha bo’yicha alohida aniqlanadi

Loyiha bo’yicha beriladigan imtiyozli davr

6 oy

Loyihani ko’rib chiqish uchun komissiya

-

Ajratilgan kredit uchun mijozning bankka to’laydigan komissiyalari:


a) Majburiyat komissiyasi

O’zlashtirilmagan va foydalanilmayotgan kredit summasidan yillik 0,5 % miqdorida

b) Boshqaruv komissiyasi

Kredit summasidan yillik 0,20% (bir martalik komissiya) miqdorida

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi

Ushbu kredit liniyasi xisobidan moliyalashtrilayotgan har bir loyiha bo’yicha qarz mablag’larining o’z mablag’lariga nisbatan munosabati etmish beshga yigirma besh (75:25) dan oshmasligi lozim

Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati

Koreya

Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko’rsatiladi)

- Ushbu kredit liniyasi xisobidan etkazib beriladigan tovar va xizmatlar shartnomaning to’liq shartlari va shartnomada ko’zda tutilgan texnik xarakteristikasiga mosligi yuzasidan yuklashdan oldingi inspektsisini o’tkazish;

- Tuzilayotgan shartnomalardagi narxlarning qulayligi va raqobatbardoshligini aniqlash maqsadida, tasdiqlovchi xujjatlar taqdim etilgan taqdirda tovar va xizmatlarni etkazib beruvchilarni tanlash yuzasidan chora-tadbirlar o’tkazish;

- Tovar va xizmatlarni etkazib beruvchilar tomonidan ushbu shartnoma majburiyatlarini to’liq bajarish maqsadida shartnoma amal qilgunga qadar shartnoma umumiy summasining eng kamida 10% miqdorida Bank kafolatini taqdim etish;

- Kredit qoldig’i bo’yicha eng kamida 120% miqdorini qoplovchi Garov ta’minoti darajasini ta’minlash.



otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7790.20 +7.15
EUR
EVRO
8888.62 -114.03
RUB
Rossiya rubli
115.07 -7.89
GBP
Angliya funt sterlingi
9945.75 -176.11
14.08.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech