«Xamkorbank» OATB bo’yicha Osiyo taraqqiyot bankining «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. 3-faza» loyihasi kredit liniyasi to’g’risida
I. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish to’g’risida ma’lumot | |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish sohasi |
Kichik biznes sub’ektlari, jumladan: 1. Kredit liniyasidan moliyalashtirilayotgan loyixalarning sonini kamida 30 foizi tadbirkor ayollarga to’g’ri kelishi lozim, bunda tadbirkor ayollar quyidagicha aniklanadi: * Korxona egaligining 50% dan yuqori kismi ayollarga tegishli bo’lsa; * Korxona boshkaruvining 50% dan yuqori kismi ayollarga tegishli bo’lsa; * Shtatdagi ishchilar sonining 50% dan yukori kismi ayollar bo’lsa. 2. Kredit liniyasidan moliyalashtirilayotgan loyixalarning sonini kamida 50 foizi Toshkent shaxridan tashkaridagi xududlarga tug’ri kelishi lozim. |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
Qishloq xududida joylashgan kichik biznes sub’ektlarini va ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish uchun quyidagi maqsadlarni moliyalashtirishdan tashkari: * O’zbekiston Respublikasi konunchiligi yoki bank kredit siyosatiga zid faoliyat turlarini moliyalashtirish uchun. * Uchinchi shaxslar tomonidan kreditdan foydalanish uchun; * Spekulyativ xarakterga ega bo’lgan faoliyat turlarini moliyalashtirish uchun; * «Xamkorbank» OATB Ekologiya tartibida ta’qiqlangan faoliyat turlariga |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
Mikrokreditlar - 40 000 AKSh dollarigacha va shu ekvivalent mikdorigacha so’mda; Kreditlar - 40 001 AKSh dollaridan - 100 000 AKSh dollarigacha va shu ekvivalent miqdorigacha so’mda. |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati |
Aylanma mablaglarni tuldirish uchun 18 oygacha; Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun 60 oygacha. |
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari: |
* Milliy valyutada yillik 18% va undan yuqori; * Xorijiy valyutada ajratilib, xorijiy valyutada kaytarilganda - Libor + 10 foiz va undan yukori; * Xorijiy valyutada ajratilib, milliy valyutada kaytarilganda - Libor + 22 foiz va undan yukori (15 fevral va 15 avgust kungi olti oylik Libor foizlarida belgilanadi) |
Kichik biznes sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
25 % kam bo’lmagan miqdorda |
Kredit ta’minoti turi |
Kredit siyosatida belgilangan ta’minot turlari |
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko’rsatiladi) |
Karz va uzlik mablaglarining nisbati 75:25 dan katta bo’lmasligi lozim. |