Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

MA’LUMOT

Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish to’g’risida ma’lumot

Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish sohasi

Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishni moliyalashtirish.

Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi

- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik maxsulotlari etishtirish;

- Bog’lar, intensiv bog’lar va tokzorlar tashkil etish, modernizatsiya qilish;

- Meva va sabzavotlarni qayta ishlash uchun dastgox-uskunalar hamda qishloq xo’jaligi texnikasi sotib olish;

- Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash uchun omborxonalar va muzlatgichlar qurish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish;

- Issiqxonalar faoliyatini rivojlantirish va tashkil etish;

- Meva va sabzavotlarni saqlash, qadoqlash hamda qishloq xo’jaligi xizmatlarini ko’rsatish sohalarini investitsiyalash.

Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi

Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun – 50 ming AQSH dollari yoki uning ekvivalentida so’mda;

Investitsion maqsadlarga – 500 ming AQSH dollari (Omborxonalar va muzlatgich kameralari uchun 1 000 000 AQSH dollari) yoki uning ekvivalentida so’mda.

Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati

Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 18 oygacha;

Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun – 10 yil muddatgacha.

Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari

Milliy valyuta so’mda ajratilgan kredit uchun 10% gacha

AQSH dollarida ajratilgan kreditlar uchun 5,5% gacha

Loyiha bo’yicha beriladigan imtiezli davr

Investitsiya maqsadlariga - 3 yil muddatgacha

Aylanma mablag’larni tuldirishga - 9 oy muddatgacha

Ajratilgan kredit uchun mijozning bankka to’laydigan komissiyalari:


Loyihani ko’rib chiqish uchun komissiya

1 foiz

Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya

0,5 %

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi

Loyiha qiymatiga nisbatan 25%

Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati

Belgilanmagan

Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko’rsatiladi)

Liniya doirasida Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg’ona viloyatlaridagi loyihalarga kreditlar ajratilishi belgilangan.



otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSh dollari
8163.93 +17.55
EUR
Yevro
9978.77 +13.30
RUB
Rossiya rubli
144.08 +0.11
GBP
Angliya funt sterlingi
11318.47 +118.83
23.01.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech