Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasining kredit liniyalari hisobidan mablag’lar 80 % miqdori energiya samaradorligini oshirish uchun yo’naltirilgan loyihalarga, energiya tizimini takomillashtirish bilan bog’liq (qozonxolar o’rnatish,nosos uskunalari, bosim ostidagi havo tizimi shakllantirishga, bir vaqtning o’zida energiya va issiqlik ishlab chiqarish) hamda mazkur texnologiyalarni o’rnini bosuvchi texnologik uskunlarga to’lov amalga oshirish uchun yo’naltiriladi;

Etkazilgan uskuna miqdorining 20 % ni “Asaka” bank kredit mablag’lari hisobidan qo’shimcha moliyalashtiriladi. “Asaka” bank kredit mablag’lari quyidagi shartlar asosida beriladi:

- kredit valyutasi – milliy valyutada (eksport mavjud emasligi sharti bilan) kelgusida O’zRVB da kredit mablag’lari konvertatsiya qilinishi yoki AQSh dollarida (eksportyor kompaniyalar uchun).

- foiz stavkasi – milliy valyutada kredit mablag’lari bo’yicha yillik 14 %, AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag’lari bo’yicha yillik 10% .

Qarz oluvchilarga va loyihalar bo’yicha talablar:

- tashkilot 2 yil hisobot davri mobaynida moliyaviy barqaror bo’lishi;

- qarzdor “Asaka” bankning aktsiyalariga egalik qilishi 10 % oshmasligi;

- “Asaka” bank qarzdorning aktsiyalariga egalik qilishi 10 % oshmasligi;

- Loyiha bo’yicha energiya resurslari tajamkorligini 20 % dan kam bo’lmasligi ko’rsatilishi lozim;

- Amalga oshirilayotgan loyiha ekologik ta’sir doirasida Jahon bankining A kategoriyasiga (I toifada Milliy qonun doirasida) kirmasligi lozim.



otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech