“Turonbank” ATB bo’yicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida «O’zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni tarmog’ini rivojlantirish” loyihasining kredit liniyasi to’g’risida
MA’LUMOT
Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish to’g’risida ma’lumot | |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
Meva-sabzavotchilik tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha yo’nalishlar, ya’ni: - Issiqxonalar qurish va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish, quvvatlarini oshirishni moliyalashtirish; - Meva-sabzavotlarni qayta ishlash uchun uskunalar va qishloq xo’jalik texnikalarini sotib olish; - meva-sabzavotlarni saqlash uchun omborlar, muzlatkich kameralarini qurish, ularni qadoqlash, xizmat ko’rsatish; - Meva-sabzavotlarni etishtirish va boshqa faoliyatlar. |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
- Investitsion loyihalar uchun 2 mln AQSh dollari miqdorigacha; - Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 0.2 mln AQSh dollari miqdorigacha. |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati |
- investitsion loyihalar uchun 10 yilgacha; - aylanma mablag’larni to’ldirish uchun
|
Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari |
AQSh dollarida – 3%+bank marjasi (yillik) Milliy valyuta (so’m) da – 4,5%+bank marjasi (yillik) |
Loyiha bo’yicha beriladigan imtiyozli davr |
- investitsion loyihalar uchun 3 yilgacha; - aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 1.5 yilgacha. |
Ajratilgan kredit uchun mijozning bankka to’laydigan komissiyalari: |
Mavjud emas |
Loyihani kurib chikish uchun komissiya |
Mavjud emas |
Kredit o’zlashtirilmagan kismi uchun komissiya |
Shartnomaga muvofiq |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
20% |
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati |
Chegaralanmagan |
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko’rsatiladi) |
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg’ona, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo’naltiriladi |