Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A



BANK XODIMLARINI TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH BO'YICHA SAVOLLAR 9

  • O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bank kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida qaysi xorijiy moliya institutlari hamda va ta’lim muassasalari va markazlari bilan hamkorlik o’rnatdi?


    O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan bank rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun malaka oshirish va qisqa muddatli o’quv kurslarini tashkil qilish maqsadida quyidagi xalqaro moliya institutlari bilan xamkorlik yo’lga qo’ygan: Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi), Markaziy va Sharqiy Evropa banklari assotsiatsiyasi, Janubiy Koreya banklari Federatsiyasi, Jamg’arma kassalari Fondi bo’yicha Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti, Rossiya mintaqaviy banklari Assotsiatsiyasi, Rossiya banklari assotsiatsiyasi, Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Osiyo taraqqiyot banki, Halqaro hamkorlik bo’yicha Yaponiya agentligi (JICA), Xalqaro hamkorlik bo’yicha Germaniya hamjamiyati (GIZ), TACIS va USAID loyihalari.
  • O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tarkibida bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi masalalarni hal etish uchun qanday bo’linmalar mavjud?


    Tijorat banklariga bank xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarida ko’mak ko’rsatish uchun O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tarkibida bank mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash Departamenti faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari Banklar Assotsiatsiyasi huzurida bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Qo’mitasi tuzilgan. Mazkur Qo’mita bank-moliya sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasida mavjud bo’lgan dolzarb masalalarni hal etish hamda mamlakatimiz bank tizimining talablari va istiqbollaridan kelib chiqqan holda bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tuzilgan.
  • O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan bank kadrlarini malakasini oshirish bo’yicha faoliyat olib boriladimi?


    Bank xodimlarining malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, oliy o’quv yurtlari va o’quv markazlari handa etakchi mahalliy va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda bank ishining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha muntazam ravishda o’quv kurslari, seminarlar (shu jumladan hududlarda), tajriba almashinishlar, davra suhbatlari, shuningdek xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar tashkil etilmoqda.

    Bank xodimlarni o’qitish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bank sohasiga oid karorlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvallarga asosan tizimli ravishda amalga oshiriladi.
  • Bank xodimlari uchun tashkil etilayotgan kurslar va seminarlar to’grisidagi ma’lumotlar bilan qaerda tanishish mumkin?


    Bank xodimlari uchun tashkil etilayotgan kurslar va seminarlar to’grisidagi to’liq ma’lumotni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Web-sayti (www.uba.uz) orqali olishingiz mumkin.
  • Qaysi o’quv markazida tijorat banklarining kadrlar bilan ishlash xizmati mutaxassislari “Xodimlarni boshqarish” yo’nalishi bo’yicha o’z malakalarini oshirishlari mumkin?


    Tijorat banklarining kadrlar bilan ishlash xizmati mutaxassislari “Xodimlarni boshqarish” yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston - Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish markazida tahsil olishlari mumkin (tel. 252-26-22).
  • Qaysi o’quv dargohlari va markazlari bazasida bank xodimlari uchun o’quv kurslari mavjud?


    Hozirgi kunda bank ishining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha quyidagi tashkilotlar bazasida tahsil olish mumkin:

    1. O’zbekiston bank-moliya akademiyasi (tel. 237-54-01).

    2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (tel. 232-64-86).

    3. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (tel. 271-77-01).

    4. O’zbekiston – Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish markazi (tel. 252-26-22).

    5. Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti (tel. +99890 356-40-80).

  • Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti yaqin kelajakda qaysi xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarni o’rnatishni rejalashtirmoqda?


    Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Angliyaning Portsmut va Tissayd universitetlari bilan hamkorlik aloqalarni o’rnatishni rejalashtirmoqda.
  • Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining hamkor oliy o’quv yurtlari qaysilar?


    Bugungi kunda institutning hamkor oliy o’quv yurtlari quyidagilardir: Buyuk Britaniya unibersitetlari - Bangor (Bangor), Vels (Wales), Sanderlend (Sunderland), Bredfort (Bradfort) (Velikobritaniya) hamda Sauzen Kros (Southern Cross) Avstraliya universiteti.
  • Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va istitutning hamkor oliy o’quv yurtlari o’rtasida talabalar almashish imkoniyati bormi?


    Hozirda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va istitutning hamkor oliy o’quv yurtlari o’rtasida talabalar almashish imkoniyati maqjud emas.
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech