Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
09 noyabr 2017 y. - 09 noyabr 2017 y.
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahri tadbirkorlari xamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspetrlari ishtirokida “ETTB va kichik biznes sub'ektlarining o'zaro hamkorligi mexanizmlari” mavzuida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko'zdangan maqsad mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarini kredit va grant mablag'lari ajratilishi shartlariga oid batafsil ma'lumot taqdim etish orqali O'zbekiston Respublikasida YETTB tomonidan investitsiyaviy loyihalarning moliyalashtirilishi imkoniyatlari to'g'risida xabardor qilishdan iborat bo'ldi.
Seminar-treningda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, jumladan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
ETTB vakillari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari uchun qator taqdimotlar o'tkazilib, shuningdek quyidagi yo'nalishlar bo'yicha maslahat sessiyalari tashkil etildi:
- xususiy sektor uchun maslahat;
- kredit liniyalari yordamida moliyalashtirish;
- YETTB bilan hududiy hamkorlikni muhokama qilish.
Shu bilan birga, kichik va o'rta biznesga maslahat xizmatlari va moliyalashtirishni taqdim etish, mintaqaviy savdo va integrallashuvni rivojlantirish kabi mavzular ham muhokamalar qatoridan o'rin oldi.

  Ro’yxatga qaytish
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9384.00 +323.00
EUR
EVRO
10393.72 +301.58
RUB
Rossiya rubli
140.14 +1.67
GBP
Angliya funt sterlingi
11378.10 +451.44
21.08.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech