Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklarining 2024 yil I chorak reytingi
13 Apr 2024

O‘zbekiston banklarining 2024 yil I chorak reytingi

     Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2024 yilning I choragi uchun "Banklar faollik indeksini" hisoblab chiqdi, uning asosida banklar reytingi yangilandi. Indeks 31 ta tijorat banklari: 17 ta yirik va 14 ta kichik banklar uchun hisoblandi.

    Yirik banklar ichida yetakchilikni kiritgan banklar:

  1.  Kapitalbank;
  2.  Trast bank;
  3.  Aziya alyans bank.

    Kichik banklar ichida esa:

  1.  Universal bank;
  2.  Davr bank;
  3.  TBC bank.

     Tadqiqot xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushining o‘zgarishlarini kuzatish, bank sektoridagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini baholash maqsadida olib boriladi.

    2024 YIL I CHORAKDAGI BANKLAR FAOLIYATINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI:

    Bank tizimining jami aktivlarining o‘sish surʼati sekinlashdi. 2022-2023 yillarda ushbu ko‘rsatkich 20-30% oralig‘ida bo‘lib, 2024 yil 1 mart holatiga 15,4%ni tashkil etdi. Bank tizimi aktivlari 648,6 trln. so‘mni, majburiyatlari esa 549,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

    Bank tizimi aktivlarining 67,4 foizi, kredit portfelining 70,1 foizi – 331,2 trln. so‘m hamda depozitlarning 50,7 foizi – 120,6 trln so‘m 10 ta davlat ulushi mavjud banklar hissasiga, qolgan qismi 25 ta xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

   Davlat banklarida 100 so‘mlik kreditga 36 so‘m (o‘tgan yilning mos davrida 39 so‘m) depozit jalb qilingan bo‘lsa, xususiy banklarda ushbu ko‘rsatkich 83 so‘mni (93 so‘m) tashkil qilgan.

   Yil boshidan buyon bank depozitlarining o‘sish surʼati sekinlashdi. O‘tgan yilning birinchi choragida bank tizimi depozitlari hajmi 42 foizga o‘sgan bo‘lsa, hisobot davrida ushbu ko‘rsatkich 13 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, xorijiy valyuta depozitlari o‘tgan yilning mos davrida 38 foizdan 29 foizga tushdi.

   Jismoniy shaxslarning bank tizimidan foydalanishda faolligi oshgan. O‘tgan yilning birinchi choragida kredit portfelining 26,5 foizi jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lsa, yil davomida ularning ulushi qariyb 6 F.B.ga oshib, 32,1 foizni tashkil etdi, yuridik shaxslar ulushi esa mos ravishda 73,5 foizdan 67,9 foizga qisqardi.

   Shu bilan birga jismoniy shaxslar depozitlar qoldig‘i 6 F.B.ga o‘sdi va mos ravishda, 36,1 foizni tashkil etdi, yuridik shaxslarning depozitlari qoldig‘i 70 foizdan 63,9 foizga kamaydi.

   Muammoli kreditlarning salmog‘i oshdi. Hisobot davrida, muammoli kreditlar ulushi (90 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan kreditlar) 20,9 trln so‘mni, jami kreditlardagi ulushi o‘tgan yilning mos davridagi 3,8 foizga nisbatan 4,4 foizni tashkil etdi

  - Bank tizimining kapital monandlik ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz qolgan va minimal talablardan 1,3 barobargacha yuqoriligini ko‘rsatgan

 https://review.uz/oz/vli

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 186
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech