«Banklar va fintex–2026» Ikkinchi Markaziy Osiyo moliyaviy-bank forumi

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashi (CBATS) ko‘magida «Banklar va fintex–2026» Ikkinchi Markaziy Osiyo moliyaviy-bank forumini o‘tkazmoqda.
Forum 2026 yil 23–25 aprel kunlari Turkiy dunyoning maʼnaviy poytaxti — Turkiston shahrida bo‘lib o‘tadi.
Forum maqsadi:
- Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar moliya-bank bozori ishtirokchilari uchun dolzarb sohaviy masalalarni muhokama qilish;
- Bank tizimida jadal davom etayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari;
- Markaziy Osiyo davlatlari, Shanxay hamkorlik tashkiloti,Turkiy davlatlar tashkiloti, Kaspiybo‘yi mamlakatlari hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha muloqot maydoni yaratishga qaratilgan.
Mazkur tadbirga taxminan 25 ta davlatdan 220–250 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan.
Forum doirasida Turkiy davlatlar Banklar assotsiatsiyalari kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun Tashkiliy qo‘mitaga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilish mumkin:
website: https://www.cafbf.kz
Telefon: +998712386986, +998979983883
WhatsApp: +7 (747) 120 19 04; +7 (777) 220 19 04
Elektron pochta: info@abrk.kz; forumabrk@gmail.com,
israilova@uba.uz
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
215






