Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va ko‘p millatli xalqiga Murojaatnoma yo‘lladi.

2026 yilni yurtimizda "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" deb eʼlon qilishni taklif qildi
Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va ko‘p millatli xalqiga Murojaatnoma yo‘lladi.Unda Prezidentimiz tugab borayotgan yil yakunlarini sarhisob qildi. Jumladan:
- Bu yil yurtimiz tarixida birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi.
- Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi.
- Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi.
- Yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.
- Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylandi.
- Yurtimizda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
- Asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi.
- Kichik biznesni rivojlantirish uchun 140 trln so‘m resurs beriladi.
- 2030 yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi.
- Markaziy bankda fintex ofisi va innovatsion xab tashkil etiladi.
- Kurs tebranish bo‘yicha xatarlarni kamaytirish uchun mahalliy kompaniyalarga ichki bozorda ham xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat beriladi .
- Uy-joy ipotekasiga 2026 yilda 23 trln so‘m resurs ajratiladi.
- Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun 2 trln 700 mlrd so‘m subsidiya beriladi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
491






