Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Bugun O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan “Yangi Konstitutsiya: Gender tenglik va ayollar huquqlari” mavzusidagi maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
1 Dec 2023

Bugun O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan “Yangi Konstitutsiya: Gender tenglik va ayollar huquqlari” mavzusidagi maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

        Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, Yuridik fanlari doktori Feruza Muxitdinova so‘zga chiqdi.

       Qayd etish kerakki, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy meʼyorlarga asoslanadi, meʼyoriy hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. Muloqot davomida Konstitutsiyaga qayta boyitilgan hamda kiritilgan yangi moddalarning ahamiyati borasida so‘z bordi. Shuningdek, yangilangan konstitutsiyadagi gender tenglik bo‘yicha kiritilgan moddalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashilindi

     Konstitutsiyaga kiritilgan gender tenglik va ayollar huquqlari bo'yicha moddalar, olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lmoqda. Yaʼni davlat har jabhada erkaklar va ayollar tengligini taʼminlash kafolatlaydi. Gender tengligi prinsiplarni Konstitutsiyada belgilash davlat tomonidan ayollarga bo‘lgan alohida eʼtiborni ko‘rsatish bilan bir qatorda ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi rolini oshirib, ularga o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mazkur o‘zgartirish xalqaro meʼyor va standartlarga to‘liq mos keladi hamda O‘zbekistonda gender tenglikni taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yana-da jadallashtirishga imkon beradi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 342
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech