Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
III YEVROOSIYO MOLIYAVIY-IQTISODIY FORUMI XORGOSDA BO‘LIB O‘TMOQDA
16 Oct 2026
III YEVROOSIYO MOLIYAVIY-IQTISODIY FORUMI XORGOSDA BO‘LIB O‘TMOQDA

    2026-yil 15–17-oktyabr kunlari Qozog‘iston va Xitoy chegarasida joylashgan Xalqaro chegara oldi hamkorlik markazi — «Xorgos»da III Yevroosiyo moliyaviy-iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum Qozogʻiston Respublikasi Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan.

   «Sharq — G‘arb: chegarasiz biznes» shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro forumda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

   Forum moliya-iqtisodiyot sohasi vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro savdo aloqalarini kengaytirish hamda Yevropa va Osiyo o‘rtasida tovarlar, xizmatlar va kapital harakatini rivojlantirishga qaratilgan.

   Tadbir doirasida moliyaviy integratsiya, raqamli texnologiyalar asosida biznes hamkorligini rivojlantirish, banklar va fintexnologiyalar, elektron savdo, investitsiya imkoniyatlari, transport-logistika yo‘laklari, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik kabi dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.

   Forum davlat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, banklar va biznes vakillari uchun tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mintaqalararo iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoni hisoblanadi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 113
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech