Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
KREDIT TO‘LOVI YECHILGANDAN KEYIN KARTADA KAMIDA 680 MING SO‘M QOLISHI KERAK
14 Oct 2026
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi / Moliyaviy savodxonlik

 KREDIT TO‘LOVI YECHILGANDAN KEYIN KARTADA KAMIDA 680 MING SO‘M QOLISHI KERAK

     Markaziy bank kredit va kafillik to‘lovlarini mijozning bank kartasidan uning topshirig‘isiz yechib olish bo‘yicha yangi talabni belgiladi.

  •  Yangi tartibga ko‘ra, agar shartnomada kredit yoki kafillik to‘lovlarini kartadan avtomatik yechib olish nazarda tutilgan bo‘lsa, mijoz hisobvarag‘ida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmi saqlab qolinishi lozim.
  • 2026-yil 1-sentabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilangan. Ushbu miqdor o‘zgarmagan taqdirda, kredit to‘lovi avtomatik yechilgach, mijoz kartalarida kamida 680 ming so‘m qolishi kerak bo‘ladi.
  • Yangi talab 2027-yil 10-yanvardan kuchga kiradi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech