O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Banklar Assotsiatsiyasi hamkorlikda Qozog‘iston Respublikasida 12-14 iyun kunlari “Banks and FINTECH-2025” Birinchi Markaziy Osiyo bank-moliya forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum moliya sektorini raqamlashtirish va kiberxavfsizlikning oldini olish kabi dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun muvaffaqiyatli hamda samarali maydonga aylandi.
Ishtirokchilar Forum negizida sohada sunʼiy intellektdan foydalanishning zamonaviy sharoitida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek banklar, bu borada Fintex kompaniyalari, tartibga soluvchi organlar va investorlar oldida turgan masalalarni muhokama qilish uchun doimiy platforma yaratishga kelishib oldilar.
Forumda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus, Kipr, AQSH va boshqa mamlakatlardan 200 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etdi.