O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi jamoasi Samarqand shahriga sayohat qildi

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi jamoasi Samarqand shahriga sayohat qildiO‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan xodimlar uchun madaniy-ma’rifiy va hordiq chiqarish tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida Assotsiatsiya jamoasi ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat qildi.
Tashrif davomida xodimlar buyuk muhaddis, islom olamining mashhur allomasi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar. Shuningdek, Assotsiatsiya jamoasi zamonaviylik va milliy me’morchilik an’analarini o‘zida uyg‘un mujassam etgan “Boqiy shahar” tarixiy-madaniy majmuasida bo‘ldi. Mazkur maskanda xodimlar Samarqandning qadimiy ruhi, milliy hunarmandchilik namunalari va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ushbu madaniy-ma’rifiy sayohat xodimlarning ma’naviy va madaniy dunyoqarashini boyitish, milliy va tarixiy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada yuksaltirish, shuningdek, jamoada o‘zaro hamjihatlik va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
31






